Statistika kuzatish metodi. Statistik tafnislash va guruhlash metodi reja
Download 23.43 Kb.
|
2 MAVZU STATISTIKA KUZATISH METODI STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy standartlar
- Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash.
- Statistik organlar to’plagan ma’lumot.
Beshinchidan, ma`lumotlarni aniqlik darajasiga ko`rsatkichning sotsial funksiyasi ta`sir etadi.
Ma`lumotlarni to`liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko`zlangan ma`lumotlarni to`plashdir. O`rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma`lumotlar ham to`liq bo`lmaydi va ishonchsizlik tug`diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U ma`lum maqsadni ko`zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning o`zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish barcha ho`jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma`lumotlar to`liq bo`lmaydi. Ayrim hodisalar haqidagi ma`lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya`ni vaqt, joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o`xshashligiga ega bo`lishi, bir vaqtda va ma`lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to`planishi kerak. Iqtisodiy ma`lumotlarning taqqos-lamaligini ta`minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to`la amal qilish muhim rol o`ynaydi. Milliy standartlar muayyan mamlakat miqyosida obyektlarni tasniflash, ko`rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma`lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo`lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o`rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko`rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma`lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma`lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo`llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi. Statistiki kuzatish informatsiya etkazib beruvchi sub’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi: 1. Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar. 2. Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi. 3. Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot. Download 23.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling