Statistika kuzatish metodi. Statistik tafnislash va guruhlash metodi reja


Download 23.43 Kb.
bet7/9
Sana10.02.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1185321
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 MAVZU STATISTIKA KUZATISH METODI STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH

1. Bevosita kuzatish - bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatilayotgan narsalarni birma-bir ko'rib, sanab, tortib va o'lchab olgan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi.
2. Hujjatli kuzatish - zarur bo'lgan ma'lumotIar, har xil hujjatIardan olinadi. Bu usul ko'pincha hisobot usuli deb yuritiladi.
3. Savol-javob yo'li bilan kuzatish - kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to'ldiriladi. Bu holda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Bu usulning o'zi ikkiga bo'linadi:
1. Og'zaki usul (ekspeditsion).
2. O'z-o'zini regitratsiya qilish usuli.
Og'zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar (ro'yxatga oluvchi, hisobchi) kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savoIIami berib, olgan javoblarni varaqaga yozadilar. Masalan, 1989 yilda o'tkazilgan aholi ro'yxatida shu usul qo'llangan.
O'z-o'zini registratsiya qilish usulida statistika tashkilotlarining vakillari kuzatish varaqalarini kuzatilayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma'lum vaqtdan so'ng to'ldirilgan varaqalarni yig'ishtirib oladilar. Varaqalarni to'ldirayotgan shaxslarga tekshirish mohiyatini tushuntirish h yozilgan ma'lumotlarni har taraflama tekshirish vakillaming burchi hisoblanadi. Bu usul uy ho'jaliklar budjetini tekshirishda, ayrim ro'yxatlami (masalan 1961 yildagi maktablar ro'yxati) o'tkazishda qo'llanadi.
4. Respondentlar yordamida kuzatish usulida zarur ma'lumotlar statistika boshqarmalariga ixtiyoriy yoki yollanma muxbirlar tomonidan yuborib turiladi.
Tasniflash va guruhlash statistik to‘plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o‘ralashib qolgan hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etish imkonini beradi.



Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling