Referat toshkent 2022 Reja
Download 35.62 Kb.
|
Audit referat1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Professional etikaning mohiyati va axamiyati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Moliya va Buxgalteriya hisobi fakulteti BR-91 guruhi talabasi Bekmatov Zafarbek ning REFERAT Toshkent - 2022 Reja: 1. Professional etikaning mohiyati va axamiyati 2. Auditorlik professional etika kodeksi 3. Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyati 4. Auditda professional javobgarlik sug’urtasi 2
Etika – shaxs yoki shaxslar guruhining ma’naviy – axloqiy xatti – harakatini belgilab beruvchi qonun – qoidalar tizimidir. Qadimdan shifokorlik etikasi tushunchasi mavjud bo’lgan. Bu etikaning asosiy maqsadi shifokorlar faoliyatini axloqiy nuqtai nazardan tartibga solishga, o’z kasbiga nisbatan vijdonan yondoshishga undashdan iborat edi. Xozirgi kunda auditorlik soxasida xam shifokorlik etikasi singari auditorlik etikasi yuzaga keldi. Auditorlik etikasining asosini mustaqillik, malaka, halollik va holislik tamoillari tashkil etadi. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi tashkilotlar xam turli qonunlar, standartlar bilan bir qatorda auditorlik etikasi kodeksini xam ishlab chiqishgan. Shu jumladan Respublikamizda “O’zbekiston auditorlarning kasbga oid Axloq Kodeksi” qabul qilingan. Ushbu kodeksda auditorlar audit soxasiga nisbatan jamoat ishonchi va e’tiborini orttirish uchun o’zlarini qanday tutishlari lozimligi, o’z zimmalaridagi vazifalarni amalga oshirish jarayonida amal qilishlari lozim bo’lgan axloqiy, ma’naviy qadriyatlar, tamoillar o’z ifodasini topgan. Audit tekshiruvini o‘tkazish jarayonida umuminsoniy qadriyatlar, tartib – qoidalarga amal qilish xar bir auditor va auditorlik firmasi rahbarining zimmasidagi majburiyatdir. Etika normalariga amal qilgan holda ish yuritish auditorlik faoliyatining jamoatchilik orasidagi obro’-e’tiborining ortishiga, bu tur xizmatga jamoatchilikning ehtiyoji oshishiga xizmat qiladi. Aksincha, etika tamoillarining buzilishi auditorlik soxasiga va auditorlar jamoasiga nisbatan katta xurmatsizlikning namunasi xisoblanadi va bu soxaga xam ma’naviy, xam moddiy zarar keltiradi. Etika tamoillariga amal qilmaslik xar bir auditorga nisbatan keskin choralar ko’rilishiga, xususan, auditorlik malaka sertifikati va litsenziyasidan maxrum qilinishiga olib keladi. 3 Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling