Referat toshkent 2022 Reja
Sug’urta to’lovini to’lash tartibi
Download 35.62 Kb.
|
Audit referat1
Sug’urta to’lovini to’lash tartibi – sug’urta hodisasini qoplash uchun
sug’urta to’lovini to’lash tartibini bayon etadi. Shartnomaning ushbu bandiga 14 ko’ra, auditorlik firmasi tomonidan uchinchi tarafga etgan zarar sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Zarar xajmi va sug’urta to’lovi summasini aniqlash sug’urta kompaniyasi tomonidan sud qarori, zarar sabablari va oqibatlari, shuningdek, yuzaga kelgan zaruriy xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Sug’urta to’lovi barcha zaruriy hujjatlar tayyorlangan va tomonlar yakuniy kelishuvga kelgandan so’ng 10 kunlik muddatda sug’urta kompaniyasi tomonidan to’lanadi. Agar sug’urta to’lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sug’urta kompaniyasi sug’urtalanuvchiga xar bir kechiktirilgan kun uchun umumiy sug’urta summasining 0,1 % miqdorida jarima to’laydi. 15
Etika – shaxs yoki shaxslar guruhining ma’naviy – axloqiy xatti – harakatini belgilab beruvchi qonun – qoidalar tizimidir. “O’zbekiston auditorlarning kasbga oid Axloq Kodeksi” da auditorlar audit soxasiga nisbatan jamoat ishonchi va e’tiborini orttirish uchun o’zlarini qanday tutishlari lozimligi o’z ifodasini topgan. Bu Kodeks yuridik kuchga ega va unda auditorlarga nisbatan etika nuqtai nazaridan keltirilgan asosiy talablar: (1) Umumqabul qilingan axloqiy normalarga amal qilish; (2) Jamiyat manfaatlarini ifoda etish; (3) Auditorning holisligi; (4) Auditorning e’tiborliligi; (5) Auditorning mustaqilligi; (6)Auditorning professional malakasi; (7) Mijoz tijorat siri kabi tamoillarga amal qilishni talab etadi. Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyatiga to’liq amal qilmasligi auditorning mijoz oldidagi javobgarligini yuzaga keltiradi. Ushbu holat yuzasidan auditor javobgarligi O’zbekiston Resbublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan aniqlanadi va sud organlari tomonidan qaror chiqariladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar qanday tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan auditorlik faoliyati xam tavakkalchilikka asoslanadi. Ko’rsatiladigan xizmat turi va ish xajmi qanchalik katta bo’lsa, tavakkalchilik xam mos ravishda oshib boradi. Shu sabab, xozirda auditorlar o’z faoliyati bilan bog’liq bu tavakkalchiliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moddiy javobgarlikni qisqartirish maqsadida o’z xulosa va maslaxatlarini sug’urtalashmoqda. Bu tur sug’urtadan foydalanish uchun auditorlik firmasi auditorning professional (fuqarolik) javobgarligini sug’urtalashni taklif etayotgan sug’urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va doimiy ravishda sug’urta badallarini to’lab boradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov. «AUDITGA KIRISH». T.: TDIU, 2021. 2. Tulaxodjayeva M. M. va Sh. I. Ilxomovlarning umumiy tahriri ostida. T.: TDIU, 2010. Audit. Darslik. 3. Tulaxodjayeva M.M., Ilxomov Sh.I., Ahmadjonov K.B. va boshq. Audit. Darslik. T.: TDIU, 2018. 4. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonuni. (yangi tahrir) - T., 2021 yil 25 fevral. 5. O‘zbekiston аuditorlаrining kаsbgа doir аxloq Kodeksi. O‘zbekiston buxgаlterlаr vа аuditorlаr milliy аssosiаsiyasining 2005 yil 26 аvgustdаgi 4-son vа O‘zbekiston аuditorlаr Pаlаtаsining 2005 yil 25 iyundаgi 3-son qаrorlаri bilаn tаsdiqlаngаn. 6. www.lex.uz Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling