Referat toshkent 2022 Reja
Download 35.62 Kb.
|
Audit referat1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorning e’tiborliligi
- Auditorning mustaqilligi
- Auditorning professional malakasi
Auditorning holisligi. Tekshiruv yakunida xulosa va tavsiyalar
tayyorlash uchun yagona asos - etarli miqdordagi va ishonchli ma’lumot xisoblanadi. Auditor bilgan holda noto’g’ri ma’lumotlarni to’plashi, yoki ma’lumotlarni soxtalashtirishi va ularni tashqi foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish jarayonida xar qanday turdagi tashqi bosim yoki shu kabi boshqa holatlar o’z muloxazasining holisligiga (holislik - jamiyat manfaatlaridan boshqa guruhlar manfaatini ximoya etmaslik) ta’sir etmayotganiga ishonch hosil qilishi va shuni ta’minlashi, aks holda xulosa berishdan bosh tortishi shart. Auditorning e’tiborliligi. Professional xizmat ko’rsatish jarayonida auditor o’z ishiga yuqori darajada e’tiborlilik, ehtiyotkorlik bilan yondoshishi, rejalashtirish, tekshiruv o’tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida mavjud qonunlar va standartlarga to’liq amal qilinishini ta’minlashi, tekshiruvning xar bir bosqichiga nisbatan yuqori darajadagi nazoratni o’rnatishi zarur. Auditorning mustaqilligi. Auditor umumiy mijoz korxona yoki uning rahbariyatining aloxida vakillari bilan auditor mustaqilligiga ta’sir o’tkazish darajasidagi yaqin munosabatlarga ega bo’lsa, bu tekshiruvni o’tkazishdan bosh tortishi lozim. Tekshiruv davrida va tekshiruv yakunida tayyorlangan hujjatlarda auditor korxonaga nisbatan to’liq mustaqilligini ishonch bilan bayon eta olishi zarur. Auditorning professional malakasi. Auditor mijozga xizmat ko’rsatishda yuqori darajadagi malakaga ega bo’lishi lozim. Yangi mijoz bilan munosabat o’rnatishdan oldin auditor shu mijoz uchun audit amaliyotining yangi uslubiyatlarini qo’llash, eng so’nggi qonunchilikka amal qilgan holda yuqori darajali xizmat ko’rsatishni kafolatlashi zarur. Auditor o’z malakasi doirasidan tashqari bo’lgan soxalarda xizmat 5 ko’rsatishi, tavsiya berishi mumkin emas. Tekshiruv davomida bunday hollarga duch kelinsa, auditor mustaqil ekspert xizmatidan foydalanishi shart. Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling