Referat toshkent 2022 Reja


Download 35.62 Kb.
bet4/10
Sana24.12.2022
Hajmi35.62 Kb.
#1053978
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit referat1

Mijoz tijorat siri. Auditor mijoz bilan munosabatlarning davom

etayotgani yoki to’xtaganligidan qat’iy nazar, shu mijozga xizmat ko’rsatish
jarayonida qo’lga kiritilgan xar qanday ma’lumotni sir tutishi zarur. Auditor xech qachon mijozga xizmat ko’rsatish jarayonida ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni mijoz korxona zarar ko’rishi evaziga o’z shaxsiy yoki boshqa uchinchi taraf manfaatlarini ko’zlab oshkor etmasligi lozim.

  • Soliq munosabatlari. Auditorlar xar qanday sharoitda xam soliqqa doir

qonunchilikka to’liq amal qilishlari shart. Auditorlar o’z shaxsiy yoki boshqa
uchinchi taraf manfaatlarini ko’zlagan holda daromadlarini yashirmasliklari
kerak. Bu majburiyat mijozga soliqqa doir xizmat ko’rsatish jarayonida xam amal qiladi. Auditor mijoz manfaatlaridan kelib chiqqan holda soliq qonunchiligini buzib ish tutishi qonunga xilof amaliyot xisoblanadi va javobgarlikka tortiladi.
Tekshiruv o’tkazish jarayonida soliqqa doir aniqlangan kamchiliklar
yuzasidan auditor mijoz rahbariyatiga yozma ko’rinishda zudlik bilan xabar
berishi, bu kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini taklif etishi va zaruriy choralar
ko’rilmaganda mijozga nisbatan qollanilishi mumkin bo’lgan jazo choralaridan
xabardor qilishi lozim.
Mijozga soliqqa doir tavsiyalarni auditor faqatgina yozma ko’rinishda
taqdim etishi zarur. Shu bilan birga auditor mijozga bu tavsiyalar soliq idoralari
bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xar qanday tur muammolarni xal etmasligini va soliq deklaratsiyasi va soliqqa doir boshqa hujjatlardagi ma’lumotlarning to’g’riligi yuzasidan javobgarlik faqatgina mijoz rahbariyati zimmasida ekanligini xam eslatib o’tishi kerak.
6

  • Ko’rsatilgan xizmat uchun to’lov. Tekshiruv uchun to’lov etika

talablariga javob berishi uchun to’lov summasi tekshiruv xajmi va sifatidan kelib
chiqishi lozim. To’lov summasiga ko’rsatilayotgan xizmatning murakkabligi,
auditorlar malakasi, auditorlik firmasining obro’–e’tibori va auditor o’z
zimmasiga olayotgan javobgarlik kabi omillar xam ta’sir o’tkazadi.
To’lov summasi yuqoridagi omillardan qat’iy nazar faqat ma’lum
maqsadlarga erishilishiga bog’liq bo’lishi qonunga zid amaliyot xisoblanadi.
Auditor xizmat uchun to’lov summasi va shaklini oldindan kelishib qo’yishi
kerak. Mijoz o’z yillik daromadining katta qismini audit tekshiruvi uchun xizmat
xaqi sifatida berishi esa auditor tomonidan auditorlik etikasiga amal qilinganini
shubxa ostiga qo’yishi mumkin.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling