Referat toshkent 2022 Reja
Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyati
Download 35.62 Kb.
|
Audit referat1
3. Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyati
Mijoz korxonada auditorlik soxasida xizmat ko’rsatishdan oldin auditorlik firmalari mijoz oldida quyidagi mas’uliyatni o’z zimmalariga oladilar: - xizmat ko’rsatishda “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun”ning barcha moddalariga to’liq amal qilish; - audit tekshiruvini “Auditorlik faoliyatining milliy standartlari”da keltirilgan talablarga mos ravishda o’tkazish; - auditorlik soxasida faoliyat yuritish uchun maxsus litsenziyaga ega bo’lish; - mijoz faoliyatiga doir maxfiy ma’lumotni tijorat siri sifatida sir saqlash; - o’z xulosasi yuzasidan huquqiy javobgarlikni to’liq o’z zimmasiga olish. Yuqoridagi talablarning to’liq bajarilishi auditorlik soxasida faqatgina maxsus malakaga, ruxsatga ega bo’lgan shaxslar va firmalar faoliyat yuritishi mumkinligini ko’rsatadi va mijozga xizmat ko’rsatish jarayonida umumqabul qilingan qonunlar, standartlarga mos ish yuritishlarini ta’minlaydi. Natijada mijoz manfaatlari yuqori malaka va ijobiy fazilatlarga ega shaxslar tomonidan ximoyalanadi. Xalqaro audit standartlarida audit tekshiruvini o’tkazish borasidagi talablar bayon etilgan. Tekshiruvni ushbu talablarga asosan tashkil etish mijozga yuqori sifatli xizmat ko’rsatilishiga zamin yaratadi. Auditor tekshiruvining sifatsizligi va mijoz aynan auditor aybi bilan moddiy xamda ma’naviy zarar ko’rgani xam sudda shu standartning buzilgan talablarini aniq ko’rsatish orqali isbotlanadi. Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyatiga to’liq amal qilmasligi auditorning mijoz oldidagi javobgarligini yuzaga keltiradi. Ushbu holat yuzasidan auditor 10 javobgarligi O’zbekiston Resbublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan aniqlanadi va sud organlari tomonidan qaror chiqariladi. Auditor o’z xizmatini sifatsiz, etiborsizlik bilan o’tkazishi natijasida mijoz korxona yoki davlat organi moddiy zarar ko’rsa bu organlar sudga mazkur masala yuzasidan murojaat etishlari va sud qaroriga asosan: - zarar summasini; - sud xarajatlarini; - jarima summasini to’liq undirishlari mumkin. “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun”ning 22, 23, 24 - moddalariga asosan auditorlik firmasi tomonidan quyidagi holatlarning biri yoki bir nechtasi sodir etilsa, auditorlik faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi to’xtatib turilishi, amal qilishi tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin: - auditorlik firmasi rahbariyati tomonidan litsenziya olish uchun noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilganda; - auditorlik firmasi tomonidan litsenziyada ko’rsatilmagan xizmat taklif etilganda; - O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’rsatilgan hollardan tashqari, mijoz faoliyatiga oid ma’lumot mijoz roziligisiz uchinchi tarafga oshkor etilganda; - bir necha bor sifatsiz audit tekshiruvi o’tkazilganda; - mijozdan to’liq mustaqil bo’lamagan holda tekshiruv o’tkazilganda. Yuqoridagi holatlardan ayniqsa uchinchisi, ya’ni mijoz faoliyatiga oid ma’lumotning mijoz roziligisiz uchinchi tarafga oshkor etilishi auditorlik etikasining qo’pol ravishda buzilishi xisoblanadi va auditorlik faoliyatining obro’siga va bu soxaga nisbatan jamiyat extiyojiga keskin salbiy ta’sir etadi. Ammo, tekshiruv jarayonida auditor xar doim xam qaysi ma’lumot tijorat 11 siri xisoblanishini va qaysilari oddiy ma’lumot ekanligini aniq ajrata olmasligi mumkin. Shu sabab, biror ma’lumot tijorat siri xisoblanishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi lozim: - ma’lumot uchinchi tarafga oshkor etilmaganda shu ma’lumot egasi uchun aniq foyda keltirishi zarur; - ushbu ma’lumotdan faqatgina maxsus ruxsatga ega shaxslar foydalanishlari, xabardor bo’lishlari mumkn; - ma’lumot egasi bu ma’lumotning maxfiyligini ta’minlash uchun zaruriy choralarni ko’rgan bo’lishi kerak. Biror ma’lumotga nisbatan yuqorida keltirilgan talablar qo’llanilgan bo’lsa, bu malumot tijorat siri xisoblanadi. Aks holda faqatgina oddiy ma’lumot bo’ladi. Quyidagi hujjatlar mijoz tijorat siri xisoblanmaydi: - korxona ta’sis hujjatlari va ustavi; - tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar, guvoxnomalar; - soliq va boshqa majburiy to’lovlarning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar; Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling