Referat toshkent 2022 Reja


Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar


Download 35.62 Kb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi35.62 Kb.
#1053978
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit referat1

Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar boshqa auditorlarga

do’stona munosabatda bo’lishlari va ularning ishlarini asossiz tanqid qilmasliklari zarur. Mijoz talabiga ko’ra tekshiruvda qatnashayotgan auditorlardan biri yoki bir nechtasi almashtirilsa, avvalgi auditor keyingi auditor bilan xam yaxshi munosabatlarni o’rnatishi, yangi auditor o’z ishini yuqori sifatli qilib o’tkazishi uchun barcha amaliy yordamni ko’rsatishi kerak.

  • Xodimlarning auditorlik firmasi bilan munosabatlari. Malaka

sertifikatiga ega bo’lgan auditor auditorlik firmasiga ishga qabul qilingach shu
firmadagi butun faoliyati davomida firma obro’sining ortishi va kelgusi rivoji
uchun xizmat qilishi, firma rahbariyati va boshqa xodimlari, shuningdek, mijoz
rahbariyati va xodimlari bilan do’stona munosabatlarni o’rnatishi va ta’minlashi
lozim. Auditorlik firmasi rahbariyati va xodimlarining o’zaro munosabati xizmat
ko’rsatish jarayonida umumiy javobgarlikka asoslanishi va firmaning xizmat
ko’rsatish doirasini kengaytirish va rivojlantirishga qaratilishi zarur.
Auditorlik firmasi o’z xodimlarining malakasini oshirishi ustidan doimiy
7
nazoratni tashkil etishi va uzluksiz ta’limni ta’minlashi kerak. Rivojlangan
davlatlarda yirik auditorlik firmalari “Professional rivojlanish” bo’limini
tuzganlar. Bu bo’limning asosiy vazifalari qatoriga firma xodimlarining
malakasini doimiy ravishda yuqori darajada bo’lishini ta’minlash maqsadida audit, buxgalteriya, soliq, qonunchilik, axborot texnologiyalari kabi soxalar bo’yicha turli seminarlar, treyning kurslarini tashkil etish, ilmiy izlanishlar olib borish, jurnallar va adabiyotlar nashrini yo’lga qo’yish kabilar kiradi.
Auditorlik firmasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o’z vazifalariga halollik
bilan, zimmalaridagi majburiyat va javobgarlikni xis etgan holda yondoshishlari,
o’z malakalarini oshirib borishga xarakat qilishlari, ichki va tashqi hujjatlar bilan
ehtiyotkor ishlashlari va mijoz rahbariyati, shuningdek, xodimlari bilan
munosabatda mustaqillik tamoilidan chetlashmasliklari zarur.
Agar avvalgi xodimlar auditorlik firmasi manfaatlari va auditorlik faoliyati
obro’-etiboriga jiddiy ta’sir etuvchi xatti xarakatlarni sodir etmagan bo’lsalar,
auditorlik firmasi rahbariyati xam uchinchi tarafga bu avvalgi xodimlarining
professional va shaxsiy xususiyatlarini ochiq bayon etmasligi kerak.
Biror sabablarga ko’ra auditorlik firmasini tark etayotgan xodim ushbu
firmaga tegishli, axamiyatli va maxfiy xisoblangan barcha hujjatlarni, ma’lumotlarni, texnik vositalar (uyali aloqa, kompyuter) ni o’z vaqtida topshirishi kerak.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling