O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 58.03 Kb.
bet9/12
Sana04.11.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1746521
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi mavzu O’qish darslarida Ma’naviyat -qalb quyoshi mavz-fayllar.org

2.3.O’zbek xalqining ma’naviyati
Hozirgi kunda kim ko‘p – ana shunday ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirishga urinadigan, shuning hisobidan o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishni o‘ylab yurganlar ko‘p. Ming afsuski, bu kuchlarning asl qiyofasi, maqsad-muddaolari va
imkoniyatlarini to‘la va aniq-ravshan tasavvur qilish oson emas. Nega deganda, ular ko‘pincha turli niqoblar,jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostida ish ko‘radi. Bunday
kuchlarning ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularning puxta o‘ylangan, uzoq va davomli yovuz maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.
Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bo‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon bo‘lmoqda.
Shuning uchun ham – bu Sharq yoki G‘arb mamlakatlari bo‘ladimi, olis Afrika yoki Osiyo qit’asi bo‘ladimi – jahonning qaysi burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdid paydo bo‘ladigan bo‘lsa, o‘zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o‘ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq tashvishga
tushishi tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani o‘ta tor tushunish bo‘lur edi. Ya’ni, bu o‘rinda so‘z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz,
milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yo‘q. Muhim ijtimoiy- siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida
o‘rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir.
Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling