O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining


Davlat va huquq nazariyasi fani predmeti va metodlari


Download 479 Kb.
bet6/10
Sana15.12.2022
Hajmi479 Kb.
#1008226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat va xuquq nazariyasi-yuridik Fanlar tizimi.134

Davlat va huquq nazariyasi fani predmeti va metodlari

Barcha fanlar о`z predmeti, ya`ni shu fan tomonidan о`rganiladigan masalalarga ega bо`lish bilan birga, о`z metodlari, ya`ni fanning о`rganish usullariga ham ega bо`ladi. “Metodologiya” kategoriyasi yunoncha “metodos” sо`zidan olingan bо`lib, biror narsani о`rganish yо`li degan ma`noni anglatadi. Metod – bu umumiy ma`noda maqsadga erishish usuli, muayyan tarzda izga solingan faoliyatdir. Metod – bu maxsus ma`noda bilish vositasi, о`rganiladigan mavzuni tafakkurda xosil qilish yо`lidir. Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari davlat va huquq taraqqiyotining qonuniyatlari, hozirgi axvoli va mohiyati sohasida bilim olishga yordam beruvchi usul va vositalar birligidan iborat.


Davlat va huquq nazariyasi fanining metodlari davlat va huquqni о`rganish usullaridir. Har qanday fandagi kabi, davlat va huquq nazariyasida ham turli yondashuvlar, har xil qarashlar mavjud. Davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqning mohiyati, turli jihatlari va xususiyatlarini, rivojlanish qonuniyatlari va prinsiplarini о`rganishga imkon beradi.
Davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqning turli sohalari va jihatlarini ochib berishga yordam beradi. Ular davlat va huquq tо`g`risidagi bilimlarni о`rganish, tо`plash va umumlashtirish kalitidir.
Davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquqning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini bilishga kо`maklashadi; davlat va huquqniig mohiyati va vazifalariga, funksiyalari va taraqqiyot tamoyillariga ilmiy yondashish uchun asos bо`lib xizmat qiladi.
Davlat va huquq hodisalari, voqealari, jarayonlari tо`g`risidagi bilimlarni qо`llaniladigan nazariy tadqiqotlar va amaliy harakat qilish usullari va yо`llarining yig`indisiga davlat va huquq nazariyasining ilmiy о`rganish metod («metod» grekcha sо`z bо`lib, aynan «biron narsaga borish yо`li» demakdir) lari deyiladi.
Davlat va huquq nazariyasining metodlarini quyidagi uch asosiy guruhga bо`lish mumkin:

  • eng umumiy;

  • umumiy ilmiy;

  • xususiy ilmiy metodlar.

Eng umumiy metodlar — har tomonlama fikr yuritishning asosiy qonun-qoidalarini о`zida ifodalaydigan dunyoqarash shaklidagi usullardir. Ularga metafizika va dialektik metodlar kiradi.
Metafizika («Metafizika» grekcha sо`z bо`lib, aynan ma`nosi«fizika ketidan keladigan narsa» degani bо`lib, hozirgi kunda fanda «Qotib qolgan fikr yuritish usuli» ma`nosida ishlatiladi) metodi bilan ish kо`ruvchilar davlat va huquq ilgaridan mavjud bо`lgan, bundan keyin ham bо`ladi, u abadiy va о`zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ichki bog`lanishda emas, rivojlanishda emas, qanday bо`lsa shundayligicha saqlanib qoladi deb fikr yuritadilar.
Dialektika metodi bilan ish kо`ruvchilarning birlari — davlat va huquq parvardigori olam — Ollohning ilohiy kuchi ila paydo bо`lgan va shu asosda rivojlanadi (obyektiv idealizm);
ikkinchilari — davlat va huquq; insonlar ongining; ya`ni ularning ruhiyati, his-tuyg`ulari, sezgilarining maxsuli (subyektiv idealizm);
uchinchilari — davlat va huquq muayyan sabablarga kо`ra vujudga kelgan va shu asosda rivojlanadi (obyektiv materializm);
tо`rtinchilari — davlat va huquq jо`g`rofiy muhitning, etnik va milliy xususiyatlarning maxsuli (jug`rofiy determinizm) deb fikr yuritadilar.
Davlat va huquq nazariyasining eng umumiy metodini — ilmiy dialektika tashkil qiladi. Bu metod quyidagilarni taqozo etadi:
birinchidan, davlat va huquq sohadagi har bir jarayonda moddiy va ma`naviy asoslarning borligini, inson tafakkuri ularni har tomonlama tо`liq qamrab olishini e`tirof etish;
ikkinchidan, hech bir davlat yoki huquqning, ularda yuz berayotgan voqea, hodisa va jarayonlarning sababsiz sodir bо`lmasligini, ular о`zaro aloqadorlikda va rivojlanishda ekanligini, eskilari yо`qolib, ularning о`rniga yangilari kelishini tan olgan holda ularni hamma vaqt taraqqiyotda va harakatda olib qarash;

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling