O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining


Xozirgi zamon hamda davlat va huquq nazariyasi fani


Download 479 Kb.
bet3/10
Sana15.12.2022
Hajmi479 Kb.
#1008226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat va xuquq nazariyasi-yuridik Fanlar tizimi.134

Xozirgi zamon hamda davlat va huquq nazariyasi fani
XXI asrga kelib dunyo fanlari jamiyatning yuksak taraqqiyotiga asos bо`lib xizmat qilmoqda. Olamshumul kashfiyotlar, misli kо`rilmagan ixtirolar turli fanlarning yutug`idir. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanning yangi-yangi kо`rinishlarining paydo bо`lishi bilan bir vaqtda avval mavjud bо`lgan fanlar takomillashtirib borilmoqda. Davlat va huquq nazariyasi fani ham shular jumlasidan. Shu о`rinda “fan” tushunchasiga tо`xtalib о`tish о`rinli. Fan – bu muayyan soha bо`yicha bilimlar berishga ixtisoslashtirilgan ilm yо`nalishi xisoblanadi.
Fan — tabiat, jamiyat va inson tafakkuri tо`g`risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan о`ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi”. Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir.
Xar bir fan о`z predmeti va metodiga ega. Predmet va metodlarsiz fanning о`zi bо`lishi mumkin emas. Fanning predmeti shu fan о`rganadigan masalalar majmuidan iborat bо`lsa, fanning metodi fan о`rganadigan masalalarni о`rganish usullaridir.
Fanning predmetini ana shu obyektlar va ularni aks ettirishdan hosil bо`lgan bilimlarning majmui va о`rganiladigan masalalar tashkil etadi.
Har bir fanni о`rganish, eng avvalo, predmetini aniqlab olishdan boshlanadi. Bu esa о`rganilayotgan fanning boshqa fanlardan farqini kо`rsatadi.
Demak, har bir о`quv fanining predmetini aniqlash uchun bu fanning umumiy fanlar tizimida tutgan о`rni, roli va ahamiyatini, о`rganadigan obyektini bilib olish kerak.
Barcha fanlarni, predmeti va metodi nuqtai nazaridan, ikkita katta guruhga bо`lish mumkin. Birinchi guruhga tabiat qonuniyatlarini о`rganuvchi matematika, fizika, biologiya, ximiya kabi tabiiy fanlar, ikkinchi guruhga esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarini о`rganuvchi falsafa, tarix, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, adabiyot, huquqshunoslik kabi ijtimoiy fanlar kiradi.

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling