O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


rasm. Aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi, aholining umumiy soniga nisbatan foizda


Download 302.72 Kb.
bet14/21
Sana08.01.2022
Hajmi302.72 Kb.
#236598
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
oilaviy biznes ozbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining istiqbolli yonalishi

rasm. Aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi, aholining umumiy soniga nisbatan foizda

Ayni paytda mustaqillikning dastlabki yillarida aholining aksariyat qismi qishloq joylarida istiqomat qilishi hamda qishloqlarning bunday infratuzilmalar bilan ta’minlanish darajasining pastligi sharoitida davlat tomonidan qishloq joylarini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratildi. Natijada qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanish ko’rsatkichi 1,4 martaga, tabiiy gaz ta’minoti esa 1,9 martaga oshgan (8-rasm).

Mamlakatdakichikbiznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi oilaviy biznes taraqqiyotiga ta’siri ikki tomonlama xarakterga ega. CHunonchi, birinchidan, oilaviy biznes yoki oilaviy korxona faoliyat ko’lamiga ko’ra asosan kichik biznes sektori tarkibiga tegishlidir. Kichik biznes uchun yaratilgan qulay

ishbilarmonlik muhiti hamda ushbu sektordagi raqobat muhiti oilaviy biznes rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. SHunga ko’ra oilaviy biznes uchun zaruriy muhit shartlari xuddi kichik biznes sektoridagi kabi, quyidagilarga asoslanadi:



  • soliq yuki darajasi va uning samarali xo’jalik yuritish uchun mutanosibligi;

  • bank-kredit tizimining rivojlanganligi, ushbu sektorning kapitallashuv darajasi;

  • bozor xizmatlari (sug’urta, konsalting, marketing va boshq.)dan foydalanish imkoniyatining kengligi darajasi, erkinlik;

  • axborotlar ochiqligi, aniqligi, ko’pligi va xilma-xilligi, axborot bozorining takomillashganlik darajasi;

  • mahsulot va xizmatlar realizatsiyasi uchun tashkiliy, moddiy-texnik va boshqa resurslarning ta’minlanganligi. Bu asosan, ulgurji va chakana savdo, tayyorlov korxonalari, ombor, transport xo’jaliklarining rivojlanganligi kabilar bilan bog’liq;

  • davlat xaridi buyurtmasiga ega bo’lish imkoniyati, bu oilaviy biznes sub’ektlari uchun barqaror xo’jalik faoliyatini kafolatlaydi;

  • xom ashyo va materiallar ta’minoti tizimining erkinligi va unda oila biznes sub’ektlarining faol ishtiroki uchun qo’shimcha imkoniyatlarning yaratilganligi;

  • texnologik jihozlar, asbob-uskunalar, mashina va jihozlar xaridi bo’yicha imtiyozli bozorning shakllanganligi (lizing munosabatlari);

  • faoliyatni tashkil etish uchun bino va inshootlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatining mavjudligi (rielektrlik xizmatlarning rivojlanganligi) va boshqalar.

Ikkinchidan, faoliyat ko’lamining kichikligi va faoliyat tavsifiga ko’ra oilaviy biznes sub’ektlari asosan kichik biznes sub’ektlari bilan sheriklik qilishga moyildirlar. Bunda:

  • har ikkala sektor vakillari xo’jalik faoliyatida ishlab chiqarishning nisbatan sodda texnologiyaga asoslanganligi;

  • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmining, shunga ko’ra, xom ashyo va materiallar, butlovchi qismlar hamda xizmatlar bo’lgan talabining ham kichikligi;

  • har ikkala sektor faoliyatining asosan mahalliy bozorga hamda individuallashgan talabni qondirishga yo’naltirilganligi kabilar ularni hamkor sifatida o’zaro yaqinlashtiradi.

2008-2012 yillarda kichik biznes sektorining tarmoq ishlab chiqarishidagi ulushi qishloq xo’jaligida tegishli ravishda 97,8 foizdan 98,0 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida – 23,1 foizdan 35,2 foizga, qurilishda 48,3 foizdan 70,7 foizga, eksport hajmida – 12,4 foizdan 15,8 foizga hamda importda 35,7 foizdan 37,6 foizga oshgan bo’lsa, pullik xizmat ko’rsatish hajmida – 48,5 foizdan 44,7 foizga, savdoda 48,1 foizdan 45,3 foizga kamaygan (1-jadval).


Download 302.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling