Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkichlar o‘lchash blokidan sezgir
elementining kuchini 20-100 kPa (0,2-1 kgk/sm
2
) qiymatda bir xillashtirilgan
pnevmatik chiqish signalni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
Pnevmatik kuch o‘zgartkichlarining ishlash prinsipi pnevmatik kuch
kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan.
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi
8.11-rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash blokining sezgir
elementiga ta’sir ko‘rsatadi va F mutanosib kuchga aylanadi. F kuch ta’sir qilayotgan
richag 1 orqali to‘siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to‘siq orasidagi
tirqishning o‘zgarishi natijasida o‘zgarmas kesimli drossel 7 orqali keladigan havo
bosimi o‘zgaradi. Shu bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining a kamerasidagi
bosim ta’sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi natijasida kirish 10 va chiqish 11
soqqali klapanlarning holati o‘zgaradi.
Natijada b va c kameralarda bosim o‘zgaradi.
To‘siq 2 silfon 4 ta’sirida soploga nisbatan shunday
holatni egallaydiki, silfondagi kuch o‘lchash blokining
F kuchiga tenglashib, b va c kameralardagi bosim
shunga qarab o‘zgaradi. O‘zgartkich berilgan o‘lchash
chegarasiga silfonni richag 5 bo‘ylab siljitish orqali
sozlanadi. O‘zgartkichning chiqish signali 20 kPa (0,2
kGk/sm
2
)-boshlang‘ich
bosim nol korrektorning
prujinasi 6 yordamida o‘rnatiladi. O‘zgartkich chang,
nam va yog‘dan tozalangan havo bilan ta’minlanadi.
Havoning nominal bosimi 140±14 kPa. CHiqish
signalini 300 metr masofaga uzatish mumkin.
O‘zgartkichning aniqlik sinfi 1,0.
O‘lchashlarni uzoq masofalarga uzatishda aloqa liniyalari parametrlarining
o‘zgarishi uzatish aniqligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lganda teleo‘lchagichlar
tizimlari ishlatiladi. Bu tizimlarda o‘lchash natijalari aloqa liniyasiga uzatishda avval
O’
lch
as
h
bl
ok
i
Do'stlaringiz bilan baham: |