O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
4-MA’RUZA
SIGNAL O’ZGARTKICHLAR VA IKKILAMCHI ASBOBLAR. TEXNOLOGIK O’LCHOVLARDA RAQAMLI XISOBLASH TEXNIKASI VOSITALARINING QO’LLANILISHI O’quv moduli birliklari: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Elektr, pnevmatik, elektropnevmatik va pnevmoelektrik uzgartkichlar. 3. Telemetrik sistema va ikkilamchi asboblar. 4. O’lchov vositalarini tanlash. Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish zarurligi nazarda tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchash signallarini o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi. Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa yo‘llaridan tashkil topgan tizimlardan iborat. Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhit ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elektrik, pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi. Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin bo‘lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa, unda oraliq o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha ikkilamchi asbobga uzatiladi. Misol sifatda 8.1-rasmda bosim o‘lchash tizimining sxemasi keltirilgan.R bosim o‘zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda uning markazining siljishi X statik tavsif X=f(p) ga mos ravishda bosim bilan bir qiymatli bog‘langan bo‘ladi. Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani membrana markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash etarli bo‘lardi. Bosimni Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling