O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti tikuv buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari fanidan amaliy mashg`ulotlarni


Download 1.47 Mb.
bet8/16
Sana10.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1086812
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Usubiy (amaliy)

5-AMALIY MASHG`ULOT


Mavzu: Tabiiy va sun`iy mo`yna, tabiiy va sun`iy charm va qavatli materiallar hususiyatlarini o`rganish


Ishdan maqsad: Tabiiy va sun`iy mo`yna, tabiiy va sun`iy charm va qavatli materiallar hususiyatlarini o`rganishdan iborat
Ishning mazmuni:
1. Tabiiy va sun`iy mo`yna materiallar hususiyatlarini o`rganish
2. Tabiiy va sun`iy charm materiallar hususiyatlarini o`rganish
3. Qavatli materiallar hususiyatlarini o`rganish
Qo`llanma va anjomlar: Laboratoriya jihozlari, Davlat standartlari va o`quv qurollari.
Foydalanilgan adabyotlar

  1. Rasulova M.K., Isroilova B.G., Asadullayeva M.Sh Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi O`quv qo`llanma. TTYeSI 2014 y-361 b

  2. М. Ш. Жабборова «Тикувчилик технологияси», Олий ўқув юртлари учун дарслик .Тошкент «Ўзбекистон» 1994 й. -414 b.



Umumiy ma`lumotlar
Mo`yna ishlab chiqarish jarayonlarida mo`ynaning teri to`qimasi bilan birga jun qоplamining xоssalari ham o`zgaradi. Ishlоv berishda teri to`qimasi yumshоqlik, plastiklik xususiyatiga ega bo`ladi va uning suvga, terlashga, kimyoviy mоddalar hamda mikrооrganizmlar ta`siriga chidamligi оshadi.
Mo`ynabоp qo`y terilari, juni kalta qilingan, tabiiy yoki ranglangan hоlda ishlab chiqariladi. Jun qоplamining tepa qismiga maxsus ishlоv beriladi va buning yaltirоqligi оshib, yuqоri qismi to`g`rilanadi. Mo`ynabоp qo`y terilarining jun qоplamiga hоzirgi kunda qunduz, dengiz mushugi, suv kalamushi, sassiqkuzan mo`ynalariga o`xshatib (imitatsiya) ishlоv beriladi.
Uy quyonidan ishlab chiqarilgan mo`yna terilari sоchli (tabiiy va ranglangan), bir qismi qirqilgan (dengiz mushugiga yoki qimmatbahо mo`yna turlariga o`xshatib ranglangan), bir qismi qirqilgan va juni yaxshilanganlarga bo`linadi (dengiz mushugiga o`xshatib ranglangan va hоkazо).
Tuk qatlami. Uch tipdan iborat: yo`naltiruvchi tuklar-eng yo`g`on, qayishqoq va uzun tuklar; ular siyrak bo`ladi va jun qatlamidan chiqib turadi;
Dag`al tuklar-yo`g`on va uzun tuklar; yo`naltiruvchi tuklarga qaraganda zichroq bo`ladi;
Momiq tuklar-quyuq jun qatlamini hosil qiladigan juda ingichka, mayin, odatda jingalak tuklar (ko`pgina terilarda 94-99% tashkil qiladi).
Teri to`qimasi. Bir biri bilan zich o`rilishgan kologen (oqsilli) tolalar dastasidan iborat.
Mo`ynani oshlash kimyoviy va mexanik ishlov berishdan iborat. Oshlash natijasida teri to`qimasi elastiklik, cho`ziluvchanlik, namlik ta`siriga chidamlilik xossalarini, jun qatlami esa momiqlik, mayinlik hossalarini oladi. Oshlangandan va nuqsonlari yo`qotilgandan keyin teri har xil mo`ynali buyumlar tayyorlash uchun yaroqli bo`ladi va yarim fabrikatlar deb ataladi. Junlilik darajasi va teri to`qimasining qalinligi yarim fabrikatning hamma qismida ham bir xil bo`lavermaydi. Shuning uchun terining har qaysi tipografik qismi oz nomi bilan ataladi. Yarim fabrikatlar jumlasiga plastina va mo`ynalar ham kiradi. Plastina bir jinsli terilar(teri qismlari) dan iborat bo`lib, sifati jihatidan bir xil qilib tanlangan va birga tikilgan bo`ladi. Mo`yna deb, sifati jihatidan tanlangan va birlashtirib tikilgan 2-3 ta bir jinsli plastinkalarga aytiladi. Odatda mo`yna to`plami yirik buyum-mo`ynali jaket, pal`to tikish uhun mo`ljallanadi.
Sun`iy mo`ynadan kiyim tikish hususiyati. Sun`iy mo`ynadan kiyim tikishda detallar mo`yna tikish mashinasida tikiladi-bu chokning elastikligini ta`minlaydi. Biriktirib tikish mashinasida esa tukini qamrab olmasdan tikiladi.
Trikotaj asosidagi sun`iy mo`ynadan tikilgan kiyimlarda detallarning hamma qirqimlariga leykoplaster qo`yiladi. Gazlama asosidagi sun`iy mo`ynadan tikilgan kiyimlarda detallarni biriktiruvchi qirqimlardan bittasigagina leykoplaster qo`yiladi.
Qavatli materiallar. Qavat materiallar kompleks guruhga, ya`ni turli xil materiallarning ikki-uch qatlamidan iborat bo`lib, ozaro elimlash yoki isitish usulida biriktirilgan materiallar guruhiga kiradi.
Qavat materiallarning o`ngi tamoniga xilma-hil jun, shtapel`, shoyi, sintetik va ip trikotaj polotnolar, sun`iy charm, zamsha va sintetik tolali turli gazlamalar ishlatiladi, teskari tamoniga esa ip gazlama, yarim jun va sintetik gazlamalar, sun`iy mo`yna, ipak va ip trikotaj polotnolar, elastic penopoliuretan (porolon), shuningdek g`ovak lateks qoplama (plaks) ishlatiladi.
Qavat materiallardan tikiladigan kiyimlarni modellash va konstruktsiyalashda bu materiallarning qattiqlik, yomon burmaboplik kabi hususiyatlari hisobga olinadi. Shuning uchun qavat materiallardan to`g`ri bichimli yoki pastga kengaygan bichimdagi kiyimlar, tog`ri, burmasiz qilib tikiladi.
Qavatli materiallardan kiyim tikish hususiyati. Qavatli materiallarning ignada teshiluvchanligi haddan tashqari ekanini hisobga olib, choklar va qirqish soni kamaytiriladi shuning uchun kiyimni yaxlit bichilgan adipli, yon choklarsiz qilib (materialning eni etarli bo`lsa) bichiladi.
Bichishdan oldin materialning sifatini tekshiriladi. Bunda asosiy (avra) gazlamaning porolon bilan qanchalik pishiq yopishganiga, shuningdek yomon o`rilish oqibatida materialda bukilib, ezilib qolgan joylari borligiga ahamyat beriladi. Bunday nuqsonli joylarga namlab isitib tog`rilanib bo`lmaydi, bunday nuqsoni bor gazlamadan tikilgan kiyim esa past sifatli bo`ladi.
Turli tusli bo`lib qolish, ortiqcha chozilib qolish va titilib ketishning oldini olish uchun, bichish vaqtida gazlamaning guliga va izma qatorlariga nisbatan, trkotaj polotnoning ustunlariga nisbatan andazalar to`g`ri joylashishiga rioya qilish kerak. Detaldagi chiziqlarni va nazorat belgilarini teskari tamondan qalamda, o`ngi tamonidan esa yupqa tarashlangan bo`rda yoki sovunda tushuriladi. Qavat qilish usuliga qarab, materiallarga kapron tasma mag`iz qoyish yoki ularni maxsus moslama qo`yilgan mashinada arrasimon qilib qirqish mumkin.
Qavat gazlamalar ichki choklari yorib dazmollanmaydi. Shuning uchun ham yorma, bostirma, qo`yma choklar yopiq qirqimli va ochiq qirqimli qilib ishlatiladi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling