49
ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA PREDMETLAR
MIQDORINI IDROK QILISH, ESDA OLIB QOLISH VA
TAQQOSLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Tayanch so‘z va iboralar: o‘yin mashqlari, passiv nutq, to‘plam elementlari,
taqqoslash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda
olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘yinlar va o‘yin
mashqlaridan ilk yoshdayoq bolalarning bir xil
turdagi predmetlar haqidagi
tasavvurlari kengayib boradi: «ko‘p qo‘g‘irchoqlar», «uchta kubik», «qo‘lda beshta
barmoq» kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo‘ladi.
Tajribaning ko‘rsatishicha, 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni, ya’ni
«kichik uy», yoki «katta uylar» qurishi, «vagon» «vagonchalarni olib kelishi»,
«gul» yoki «gullarni» ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar).
1 yoshu 6 oylik go‘dak
faol nutqni egallaydi, otning birlik va ko‘plik
shakllaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni ajrata oladi: «By kubik, bu
kubiklar», «uy – uylar», “qo‘g‘irchoq – qo‘g‘irchoqlar”.
Bu yoshdagi bolalarni
ko‘proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (shar,
tugmacha, halqa). Ular bu
narsalarni sochadilar, yana yig‘ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo‘yicha teradilar.
Bolalarda birdaniga predmetlarni qo‘llariga olib, barmoqlari
bilan qisib uning
sochilishini kuzatishni yaxshi ko‘radilar (masalan, tugmachalar). Predmetlarning
turli xilligini bola turli xil sezgi a’zolari yordamida qabul qiladi:
eshitish, ko‘rish
va boshqalar. U o‘zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta
o‘yinchoqni bir necha marta tashlagan, koshik bilan stolini taqillatgan. Ko‘plik
haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko‘plikni
ajrata
olishga yordam beradi. Matematikada ko‘plik tushunchasiga quyidagicha ta’rif
beriladi. «Ko‘plik bu bir butun qilib quriladigan obyektlarning yig‘indisidir».
Ko‘plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar
tugallangan ko‘plik bilan ish ko‘radilar. Go‘dak bolada ko‘plik
haqidagi eng
birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya’ni u hali aniq chegaraga ega
50
bo‘lmaydi va element ketidan element qabul qilinadi. Bunday qabul qilish noaniq
ko‘plikni xarakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: