162
GLOSSARIY
Algebra – 1) matematikaning miqdorlar ustida
bajariladigan amallarining
umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; 2) «Hozirgi zamon algebrasining otasi»
Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq tushuncha. Olimning «Al-Jabr val-muqobala»
risolasi keyinchalik Yevropada «Algebra» deb ataladigan bo‘ldi.
Algoritm – ko‘rsatilgan maqsadga erishish yoki qo‘yilgan
topshiriq
(masala) ni yechishga qaratilgan vazif a(amal ) lar
ketma-ketligini baj arish
borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko‘rsatmalar berish.
Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Abstraktlash – mavhumlashtirish orqali
nazariy umumlashmalar hosil
qilishdan iborat ta’lim metodi.
Arifmetika-o‘quvchilarga matematik son larning oddiy xossalarini hamda
ular ustida bajariladigan amallarni o‘rgatadigan o‘quv fani.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha
fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim olish muddati kainida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta’lim.
Bashoratlash – bo‘lajak darsni tashkil qilishining
turli variantlarini
baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini
tanlab
olish.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga
nisbatan ijodiy yondashishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: