165
Hisobot – kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod – yaratish, yangilikni kashf etish degan
manolarini anglatadi va
insondagi shu jarayonni ifodalaydi.
Ijodkorlik (kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z
ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda
mavjud fanlar asoslarini
puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish
natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Illyustratsiyali masalalar – rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan
foydalanib
bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili – bolalarning yosh xususiyatini,
qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak
degan talablardan kelib
chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga
oshirilishi shart.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib,
ijtimoiy
voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) -
muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi,
ilmiy jihatdan asoslangan
fikr, g‘oya.
Individ – (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta
oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Institut – bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy
va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi,
yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Do'stlaringiz bilan baham: