О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy daqiqalarni о‘tkazish. Jismoniy daqiqalar


Download 0.82 Mb.
bet108/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy daqiqalarni о‘tkazish. Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) о‘rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg‘ulotlar о‘rtasidagi tanaffusda, shuningdek, dars jarayonining о‘zida о‘tkaziladi.
Jismoniy daqiqaning ahamiyati bola faloliyati va holatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bо‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi.
Agar bola mashg‘ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek, mashg‘ulot yuklamasining buzilishi tufayli kuchayib boradi va bolalar e’tiborining susayishiga olib keladi. Mazkur holat bosh miya pо‘stlog‘ida rivojlanadigan tormozlanish va bolada о‘quv materialini о‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. Natijada, chalg‘iy boshlaydi, uning diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni о‘zgartirish zarurligini kо‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz diqqatni jamlab tura olar ekanlar, mazkur muddatdan sо‘ng esa toliqish yuzaga kelganligi bois, ular bilimlarni yaxshi о‘zlashtirish va kо‘nikmalarni egallashga qodir bо‘la olmaydilar.
Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faolashtiradi, bu о‘z navbatida, qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatining shakllanishiga, diqqat hamda aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yо‘qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi.
Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta chо‘qqayib о‘tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalar о‘z ichiga yelka kamari va qо‘llarga mо‘ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini qamraydi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling