О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni rejalashtirish


Download 0.82 Mb.
bet121/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

18-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni rejalashtirish
Mashg’ulot rejasi:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni rejalashtirish.
2.Rejalashtirish metodikasi
3.Jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni rejalashtirish.
Tayanch iboralar: jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni rejalashtirish,rejalashtirish tamoyillari, rejalashtirish turlari, oylik rejalashtirish.
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni rejalashtirish
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda, eng avalo, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan meyoriy xujjatlar “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” tayanch dasturiga muvofiq bolalar yoshlari doirasidagi asosiy harakatlarni: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tо‘siqlardan oshib о‘tish, milliy, harakatli hamda tinch о‘yinlarning nomini bilishi va о‘ynashi zarur deb kо‘rsatilgan.
Rejalashtirish – maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy ishlar maz-munining asosidir. Pedagogik ish rejasi muayyan vazifalar, mazmuni, bolalar bilan muayyan vaqt davomida ishlash usullarini belgilaydi. Bu pedagogik jarayonni uyushgan xarakterga ega pedagog ishini maqsadli va samarali qiladi, bolalarni tarbiyalashda kattalarning vakolatlarini kuchaytiradi.
Rejalashtirish – pedagog ishining maqsadga muvofiqligi tarbiyalanuvchilarni rivojlantirish uchun ba’zi muhim vazifalarni amalga oshirilishidir. Bir sо‘z bilan aytganda, rejada pedagogning ta’lim jarayonidagi harakatlar ketma-ketligi algoritmi belgilanadi.
Rejalashtirish pedagogga yil, oy davomida dastur materiallarini teng ravishda taqsimlashga, uni о‘z vaqtida tuzatishga, ortiqcha yuklamaslikka, shoshilishga yо‘l qо‘ymaydi. Reja ta’lim va tarbiya usullari, maqsadlari haqida oldindan о‘ylashga yordam beradi. Reja tufayli pedagog bugun nima qilishni va qanday qilib kо‘rgazmalar va materiallar ishlatilishini biladi.
Puxta ishlab chiqilgan ish rejasi, qiyinchiliklarni bartaraf etadi, vaqtni tejaydi, javobgarlikni oshiradi va ishni osonlashtiradi.
Muvaffaqiyatli rejalashtirishning zaruriy sharti bu dasturni chuqur bilishdir. Ammo, dasturni bilish muvaffaqiyatli rejalashtirishning yagona sharti emas. Pedagog о‘z guruhining bolalarini yaxshi bilishi, о‘rganishi va har bir bolani rivojlanish dinamikasini kuzatishi kerak.
Reja tuzishda pedagog birinchi navbatda quyidagilarga tayanadi:
-ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat talablari;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam”davlat dasturi;
- maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim faoliyatini mavzuviy rejalashtirish (yosh guruhlari bо‘yicha).
“Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim faoliyatini mavzuviy rejalashtirish”da (yosh guruhlari bо‘yicha) ta’lim jarayonini qurish oy, hafta mavzularidan kelib chiqadi. Mavzu, har qanday soha faoliyatining ma’lumoti sifatida, nafaqat ta’lim, balki hissiy-majoziy shaklda ham taqdim etiladi. Bola mavzuni turli bolalar faoliyatida (uyushgan ta’lim faoliyatida, о‘yinda, rasm chizishda, qurish-yasashda, sahnalashtirishida va boshqalarda) “yashab о‘tadi”.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” quyidagi ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv faoliyatini tashkil qilishni nazarda tutadi:
- jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, о‘qish va yozish kо‘nikmalari;
- bilish (anglash) orqali rivojlanish;
- ijodiy rivojlanish.
Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, bolalar hayotini tashkil etish shakllari bolaning har tomonlama barkamol rivojlanishi asosida pedagogik ta’sirning usullari rejada tanlangan va kо‘rsatilgan bо‘ladi.
Pedagogning ta’lim-tarbiya haftalik ish rejasi bolalar bilan ishlashda asosiy hujjat bо‘lib, har kuni bolalarning barcha faoliyat turlari va ularning tegishli ish shakllarini rejalashtirishni ta’minlaydi. Ushbu hujjatsiz pedagog ishni boshlashga haqqi yо‘q. Hujjatning maqsadi – rejalashtirilgan ta’lim va tarbiya maqsadlariga erishishga yordam berish. Rejalashtirishga qо‘yiladigan talablar
- Reja о‘quv va shaxsiy rivojlanishga asoslangan bо‘lishi kerak. Yо‘naltiril-gan yondashuv, uning maqsadi – har bir bolaning qulay va tabiiy rivojlanishidir.
- Reja ta’lim sohalarini birlashtirishga asoslangan, guruh tarbiyalanuvchilarining yosh imkoniyatlari va boshqa xususiyatlariga muvofiq tuzilishi kerak.
- Reja maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq
bо‘lgan kompetensiyalarni (bilim, kо‘nikma) shakllantiradigan, tarbiyalanuvchilarning ta’lim maqsadlari va vazifalarini amalga oshirishni rivojlantiradigan, ta’lim va tarbiya maqsadlarini birligini ta’minlaydigan bо‘lishi kerak.
- Bolalar bilan tashkil etiladigan ta’lim jarayonini rejalashtirishda
maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi psixologik-pedagogik asoslariga mos kelishi kerak.
Har bir yosh guruh uchun alohida reja tuziladi. Turli yosh guruhlari rejalaridagi asosiy farq –dastur materialining mazmunida, ish olib borish usullarida (ta’lim faoliyatining soni va davomiyligi, ta’lim usullari va boshqalar).
Rejalashtirish tamoyillari
● Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ochiq bо‘lgan, asosan о‘yinlar, bilim olish
va tadqiqot faoliyati shakllarda rivojlanish ta’limi tamoyili.
● Ta’lim jarayonini mavzuviy tashkil etish tamoyili.
● Ta’lim-tarbiya va rivojlanish vazifalarining birlashish tamoyili
(ta’lim-tarbiya vazifalari nafaqat tashkil etilgan ta’lim faoliyatida, balki kun davomidagi boshqa faoliyatlarda ham rejalashtiriladi).
● Pedagogik jarayonning davomiyligi va ayniqsa turli kun tartiblarni о‘tkazish, sog‘liqni saqlash va gigiyena talablariga muvofiqlikni hisobga olish.
● Yil fasli va ob-havo sharoitlarini hisobga olish. Ushbu tamoyil sayr, chiniqtirish va sog‘lomlashtirish tadbirlari va ekologik ta’lim bо‘yicha mashg‘ulotlarni о‘tkazishda amalga oshiriladi.
● Shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish (bolaning fe’l-atvori, uning qiziqishlari, kuchli tomonlari va rivojlanishga muhtoj tomonlari, oilaviy madaniyati, ta’lim uslubi, uni pedagogik jarayonga jalb qilish usuli).
● Rejada ta’lim va mustaqil faoliyatni muvaffaqiyatli almashtirish.
● Bolalarning rivojlanish darajasini hisobga olish (ta’limiy-о‘yin jarayonlarida, individual faoliyatda, umumiy guruhlarda ishlashda).
● Ta’limiy ta’sirlarning muntazamligi, izchilligi va takrorlanishi (bitta о‘yin bir necha bor rejalashtiriladi. Ammo vazifalar о‘zgaradi va murakkablashadi: о‘yinni tanishtirish, о‘yin qoidalarini bilib olish, qoidalarga amal qilish, bolalarga dо‘stona munosabatni shakllantirish, qoidalarni murakkablashtirish, о‘yin qoidalari tо‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash va hokazo).
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirishda quyidagilar inobatga olingan:
-ta’lim-tarbiya jarayoni guruhning kun tartibiga asoslanadi. Bu kunlik ta’limiy faoliyatlar, bolalar о‘yinlari, bо‘sh vaqt va pedagog rejalashtirgan ta’lim-tarbiya faoliyatining turlarini bir biri bilan almashtiradi;
- ta’lim-tarbiya faoliyati bolaning yoshi va individual rivojlanishiga asoslanib ta’limiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida (sog‘liq, oziqlanish va xavfsizlik) amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya faoliyati bolaning hayoti va uning atrof-muhitidan kelib chiqadigan yaxlit bir mavzuga birlashtiriladi.
Ta’lim-tarbiya faoliyatini rejalashtirish ta’lim muhitiga qarab integrasiya, xilma-xillik va moslashuvchanlikka asoslangan.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling