O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-rasm.Yalpi mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar


Download 1.77 Mb.
bet69/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

1-rasm.Yalpi mahsulot ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar.

1-jadval ma’lumotlaridan bir qaraganda 2005-2014 yillarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari joriy narxlarda 6,2 martaga, jumladan dehqonchilik mahsulotlari 6,6 va chorvachilik mahsulotlari esa 5,7 martaga oshganligini ko’rish mumkin. Bu davrda joriy baholar keskin oshib ketganligi tufayli taqqoslashni amalga oshirib bo’lmaydi. Lekin, bu jadval 2014 yilga kelib barcha toifadagi xo’jaliklarda fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalarining hissasini aniqlash imkonini beradi. 2005 yilda ularning hissasi mos ravishda – 24,4 ; 61,7 va 14,0 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yildaesa 32,9 ; 65,1 va 2,0 % ga teng bo’lgan. Ya’ni fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklariniki oshib borish va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalariniki kamayib borish tendensiyasiga ega.


1-jadval
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi
(amaldagi narxlarda; milliard so’m)(2005-2014 yy.) *




2005

2006

2007

2008

2009

2010

2011

2012

2013

2014**

Barcha toifadagi xo’jaliklar

Jami

5978,3

7538,8

9304,9

11310,7

13628,6

16774,7

21422,3

24370,3

34201,4

36957,2

Dehqonchilik

3323,1

4215,0

5170,1

6400,1

8089,0

10023,0

12762,3

14155,3

21211,8

21810,6

Chorvachilik

2655,2

3323,8

4134,8

4910,6

5539,6

6751,7

8660,0

10215,0

12989,6

15146,6

Fermer xo’jaliklari

Jami

1458,5

2367,5

3111,0

3686,0

4822,6

5962,8

7505,1

8377,2

12025,5

12142,0

Dehqonchilik

1382,3

2264.2

2962,7

3484,2

4575,9

5658,3

7072,8

7929,6

11327,1

11472,4

Chorvachilik

71,2

103,3

148,3

201,8

246,7

304,5

432,3

447,6

698,4

666,4

Dehqon xo’jaliklari

Jami

3689,4

4698,7

5959,7

7367,3

8504,6

10468,9

13453,2

15474,2

21492,7

24067,3

Dehqonchilik

1231,3

1624,4

2128,8

2832,6

3403,1

6214,2

5553,5

6068,4

9672,6

10076,5

Chorvachilik

2458,1

3074,3

3830,9

4534,7

5101,5

4254,7

7899,7

9405,8

11820,1

13995,4

Qishloq xo’jaligi korxonalari

Jami

835,4

472,6

234,2

257,5

301,5

343,0

464,0

518,9

683,2

747,9

Dehqonchilik

709,5

326,4

78,6

83,4

110,1

233,0

136,0

157,3

212,1

261,7

Chorvachilik

125,9

146,2

155,6

174,1

191,4

110,0

328,0

361,6

471,1

484,8

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
** Dastlabki ma’lumotlar

2014 yilda 2005 yilga nisbatan barcha toifadagi xo’jaliklarda fermer xo’jaliklarining salmog’i: dehqonchilikda 41,6 dan 52,6 % ga, chorvachilikda 2,7 dan 4,4 % ga oshgan. Dehqon xo’jaliklariniki esa mos ravishda 37,0 dan 46,2 % ga oshib va 92,6 dan 92,4 % ga kamaygan. Boshqa qishloq xo’jaligi korxonalariniki esa mos ravishda 21,3 dan 1,2 % ga va 4,7 % dan 3,2 % ga pasaygan.


Ekstensiv omillarga ishlab chiqarish resurslarining miqdorini aks ettiradigan miqdoriy omillar kiradi. Xodimlar sonining, ekin maydonlarining, mollar bosh sonining, asosiy va material aylanma vositalar hajmining ko’payishi yoki kamayishi yalpi mahsulot miqdorining o’zgarishiga olib keladi. Lekin qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish resurslari – ish kuchi, yer, ozuqa, chorvachilik binolari va boshqalar – chegaralangani uchun ekstensiv asosda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish asosiy omil hisoblanmaydi.
Shuning uchun, qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni, harakatdagi resurslar potensialidan foydalanishni sifat jihatdan yaxshilashga asoslangan intensiv omillar asosida ko’paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu omillar ichida hal qiluvchi qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligini oshirishdir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga mablag’ni ko’paytirib, mehnat, yer va moddiy resurslardan samarali foydalanib, mavjud o’zlashtirilgan yer resurslari va mavjud mol bosh sonidan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish mumkin.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulot miqdoriga ekin maydonlari va poda oboroti tarkibi muhim ta’sir ko’rsatadi. Ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish deganda, hosildorligi past ekinlar o’rniga hosildorligi yuqori bo’lgan ekinlarni almashtirib, ularning salmog’ini oshirish tushiniladi. Ancha yuqori hosilli ekinlar bilan ekin maydonlarini yanada kengaytirish dehqonchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko’paytirish imkonini beradi.
Chorvachilikda poda oboroti tarkibini takomillashtirish, podada ancha mahsuldorli mollarni, shuningdek podada sog’in sigirlar, ona qo’ylar, echkilar va boshqalarga salmog’ini oshirish tushiniladi.
Podada sigirlar salmog’ini oshirish degani, masalan bir bosh sigirdan ozuqani kam miqdorda oshirgan holda sut ishlab chiqarish keskin ko’paytirishdir.
Mamlakat oziq – ovqat fondini ko’paytirishning muhim manbai, qishloq xo’jalik mahsulotlaridagi yo’qotishlarni tugatish, ulardan foydalanishni yaxshilashdir. Chunki har yili ishlab chiqarish, saqlash, ortish-tushirish qoidalariga amal qilmaslik, shuningdek mahsulotning sifatini buzilishi hisobiga necha millionlab so’m zarar ko’rilmoqda.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling