O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-modda. Chet el sug‘urta tashkilotlarining faoliyati


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132
27-modda. Chet el sug‘urta tashkilotlarining faoliyati 
Chet el sug‘urta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik 
shaxslar — sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining muassislari 
(ishtirokchilari) bo‘lishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari tomonidan 
sug‘urta amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
28-modda. Nizolarni hal etish 
Sug‘urta faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
hal etiladi. 
29-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik 
uchun javobgarlik 
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor 
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
 
I. KARIMOV 
Toshkent 2002 yil 5 aprel 


184 
Vazirlar Mahkamasining 
2013 yil 6 noyabrdagi 
298-son qaroriga 
1-ILOVA 
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga 
ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1. Ushbu Nizom sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma (keyingi 
o‘rinlarda - qayta tashkil etishga ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga 
muvofiq sxema va shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
(keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan beriladi. 
3. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish sug‘urtalovchilarga qo‘shib 
yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish shaklida qayta 
tashkil etish huquqini beradi. 
4. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma amal qilish muddati cheklanmasdan 
beriladi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling