27
Konstruktsiyasiga ko’ra
ochiq, diafragmali va quvurli rostlagichlar
bir-biridan farqlanadi. Ochiq rostlagichlarda suv oqimi faqat inshoot
tubi va devorlari bilan bog’langan bo’ladi. Suv oqimini zatvorlar
yordamida to’la to’sishni ta‘minlash uchun ochiq rostlagichlarning
darvoza qismi yer sirtidan birmuncha ko’tarilgan holatda qabul
qilinadi. Bu esa ba‘zan zatvor vaznining ancha oshishiga va natijada
undan foydalanishning qiyinlashuviga olib kelishi mumkin.
Inshootning suv o’tkazuvchi qismi tirqishli (diafragmali) ko’rinishda
qabul qilinsa, zatvorning va mos ravishda darvoza qismning
balandligi ancha kichrayadi.
Suv o’tkazish qobiliyati (suv sarfi) birmuncha kichik inshootlar,
ayniqsa suv chiqargichlar ko’pincha quvurli tipda barpo etiladi.
Bunda quvur ko’zi doira shaklida (zavodda tayyorlangan yig’ma
temirbeton yoki metall quvurlar ishlatilganda) yoki to’g’ri
to’rtburchak shaklida bo’lishi mumkin.
Rostlovchi inshootlarning tuzilishida yuqori b‘ef, kirish, suv
Do'stlaringiz bilan baham: