O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ bosimi.
Â
Â
5.5-rasm. Tunnellarning ko’ndalang kesim shakllari 35
Tunnel qoplamalari odatda beton va temirbetondan barpo etiladi. Tunnelning ichki devorlari tosh bilan qoplansa, qoplama usti tsementli qorishma bilan suvaladi. Agar tunnel devorlari beton bilan qoplansa, devorlarda maxsus teshiklar qoldiriladi va beton bilan tog’ jinsini yaxshi birlashtirish maqsadida bu teshiklar orqali tsement eritmalari in‘ektsiya qilinadi. Bo’shroq gruntlarda o’tgan tunnelllarning ichki tomoni temirbeton bilan qoplanadi. Keyingi paytlarda tunnel qoplamalari uchun chuyan bloklardan va boshqa mahsulotlardan ham foydalanilmoqda. Tog’ bosimi. Ma‘lumki, turli chuqurliklarda joylashgan jinslar o’z ustidagi qatlam og’irligi ta‘sirida doimo zo’riqqan holatda bo’ladi. To’nnel qurilishi natijasida uning ustidagi tog’ jinslarining zo’riqish holati o’zgaradi, ya‘ni ta‘sir kuchlari boshqacha taqsimlanadi. Tog’ jinslarining tunnelga (qoplamaga) ko’rsatadigan ta‘siri tog’ bosimi deyiladi. Tog’ bosimi uch xil bo’ladi: 1) yuqoridan pastga yo’nalgan vertikal bosim; 2) gorizontal burchak ostida yo’nalgan ko’ndalang bosim; tunnel o’qi bo’ylab yo’nalgan bo’ylama bosim. Yuqoridan pastga yo’nalgan bosim eng kuchli bo’lib, tunnelning tepasi shu kuchga hisob qilinadi. Tunnelning yon devorlarini hisoblashda yon tomondan ta‘sir qiluvchi kuch inobatga olinadi. Tunnel qoplamasini hisoblash qoidalari «Gidrotexnika inshootlari», «Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar», «Injenerlik konstruktsiyalari» fanlarini o’tish jarayonlarida o’rganiladi. Tog’ bosimini elastiklik nazariyasi qoidalari asosida nazariy yo’l bilan hisoblab topish mumkin (masalan, prof. M. M. Protodyakonov usuli bo’yicha). Lekin ba‘zi hollarda tog’ bosimining nazariy va haqiqiy qiymatlari orasidagi farq ancha katta bo’ladi. Shu sababli nazariy usullardan asosan taxminiy hisoblarda foydalaniladi. Tunnellarning texnik loyihalari tuzilayotganda tog’ bosimining haqiqiy qiymati amalda, tunnel quriladigan joyda, tajriba asosida aniqlanadi. Tog’ bosimini o’lchaydigan bir qancha asboblar mavjud.
36
Shular ichida prof. N. N. Davidenkovning asbobi bilan yaxshi natijalarni olish mumkin. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling