1
2
3
5
10 15
20
1
2
5.4- rasm. Tunnelning sxematik tuzilishi: 1 – tunnel,
2 – shaxta, 3 – shtolnya
Tunnellar irrigatsiya, gidroenergetika, suv transporti, ichimlik
suv ta‘minoti va kanalizatsiya sohalarida qo’llanilishi mumkin.
Vazifasi bo’yicha ular uch guruhga: suv keltiruvchi, suv ketkazuvchi
(tashlovchi) va yuk tashish tunnellariga bo’linadi.
Konstruktsiyasi va qurilishi jihatidan tunnelarning quyidagi
turlari mavjud: 1) o’qlari gorizontal yoki biroz qiya joylashadigan
asosiy tunnellar; 2) uncha katta bo’lmagan yordamchi tunnellar –
shtolnyalar; 3) qisqa tunnellar, yo’laklar, asosiy tunnelga borish va
ish qurollarini tashish uchun xizmat qiladigan tunnellar – shtreklar;
4) o’qlari tik yoki biroz og’ma tunnellar – shaxtalar.
Tunnel trassasini tanlashda geologik, gidrogeologik, texnik va
iqtisodiy xususiyatlar birgalikda inobatga olinadi. Tunnel trassasi
to’g’ri chiziq bo’yicha eng qisqa masofadan o’tishi lozim. Geologik
34
va gidrogeologik sharoiti noqulay bo’lgan joylarda bu trassani
aylantirib o’tishga (qiyshiqroq o’tkazishga) to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |