Tunnellarning portallari. Tunnelning kirish va chiqish qismlari
portal deb ataladi. Tunneldagi pardozlash (mustahkamlash) qatlami
uning oxiriga kelib portalga aylanib ketadi. Portallarning vazifasi suv
oqimining uyurmalar hosil bo’lmasdan asta-sekin tunnelga kirib
kelishi va undan chiqishini ta‘minlashdir.
Portal devorlari tog’ jinslari tayanib turadigan devor vazifasini
ham bajaradi. Bu devorlar faqatgina yon tomondan ta‘sir qiladigan
tog’ bosimiga qarshilik qilibgina qolmay, shuningdek tunnel o’qi
bo’ylab yo’nalgan bosimga ham qarshilik ko’rsatishi lozim. Portal
devorlarining tog’ bosimiga qarshilik ko’rsatish qobiliyati maxsus
hisoblar asosida ta‘minlanadi.
Portal devorlari kanal bilan maxsus sho’ng’uvchi devorlar
yordamida tutashadi. Mana shu uchastkaning ostki tomoniga
o’rnatilgan so’ndirgichlar yordamida tunneldan katta tezlik bilan
oqib chiqadigan suvning energiyasi so’ndiriladi. Portalning oddiy
tuzilishlaridan biri 5.6-rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |