Tunnellarning ko’ndalang kesimi. Gidravlika nuqtai
nazaridan tunnelning ko’ndalang kesimi bosimli yoki bosimsiz
sharoitlarda ishlashi mumkin. Agar tunnel ko’ndalang kesimidan
suv to’lib oqsa, u bosimli, to’lmasdan oqsa – bosimsiz bo’ladi.
Bosimsiz tunnellarda suvning chuqurligi tunnel balandligining 0,85
qismidan oshmasligi, tunneldagi suv sathi bilan uning shipi
orasidagi masofa 0,4 m dan kam bo’lmasligi kerak. Bosimsiz
tunnellarda suv oqimining tezligi 1,5 – 2,5 m/s, bosimli tunnellarda
esa 2,0 – 4,0 m/s oraliqlarda bo’lishi lozim.
Tunnellarning ko’ndalang kesimi turli shakllarda bo’lishi
mumkin ( 5.5-rasm).
Bosimli tunnellarning ko’ndalang kesimi odatda doira shaklida
tanlanadi. Tunnel ko’ndalang kesimining o’lchamlari ularning suv
o’tkazish qobiliyatini ta‘minlashga qaratilgan gidravlik hisoblar
asosida qabul qilinadi. Bunday hisoblarni bajarish usullari
«Gidravlika» fanida o’rganiladi.
Tunnellar ichki tomondan hamma vaqt mustahkamlanishi
zarur. Faqat tunnel suv singdirmaydigan jinslardan o’tgan
vaqtidagina uning ichki kesimi maxsus qoplama bilan
mustahkamlanmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |