5.2. Dyukerlar haqida umumiy ma‘lumotlar
Kanal trassasini boshqa suv o’zani kesib o’tgan sharoitlarda
akveduklar bilan bir qatorda dyukerlarni ham qo’llash mumkin.
Ma‘lumki dyukerlardan foydalanish birmuncha katta harajatlarni
talab etadi. Shu sababli, dyukerning bahosi akvedukdan ancha arzon
bo’lgandagina ularni qo’llash tavsiya etiladi.
Dyukerning asosiy konstruktiv qismlariga quvur (suv
o’tkazuvchi qism), inshootga kirish va undan chiqish qismlari kiradi.
Materialiga ko’ra, quvurlar temirbetondan, po’latdan yoki boshqa
materiallardan tayyorlangan bo’lishlari mumkin. Meliorativ tizimlar
inshootlarida ko’proq temirbetonli quvurlar ishlatiladi.
Barpo etilishiga ko’ra temirbetonli quvurlar monolit (bevosita
qurilish joyida tayyorlanadigan) yoki yig’ma (zavodda tayyorlanib,
qurilish joyida yig’iladigan) bo’ladi. Tarmoqlanishiga ko’ra bir ko’zli
yoki ko’p ko’zli bo’lishi mumkin. Yig’ma quvurlar doira yoki kvadrat
kesimli shakllarda tayyorlanadi. Ular dyukerlarda bosimli rejimlarda
ishlaydilar. Ko’p ko’zli quvurli dyukerlarda quvurlarning shakli
odatda to’g’ri burchakli holda qabul qilinadi. Dyuker quvurlari
ko’zlarining o’lchamlari gidravlik hisoblar asosida qabul qilinadi.
31
Suv o’tqazish qobiliyatiga ko’ra katta va kichik dyukerlar bir-
biridan farqlanadi. Katta dyukerlar kanalni yirik suv o’zanlari yoki
yirik o’lchamli boshqa turdagi to’siqlar kesib o’tganda qo’llaniladi.
Ularda quvurlar ko’pincha siniq chiziqli holatda joylashadi.
Dyukerlarning suv o’tkazish qobiliyati ulardagi quvur ko’zining
o’lchamlarini to’g’ri tayinlash orqali ta‘minlanadi. Quvur ko’zining
o’lchamlari maxsus gidravlik hisoblar asosida aniqlanadi.
Nov tarmoqlarida odatda kichik dyukerlar qo’llaniladi. Ular
kirish va chiqish quduqlaridan hamda gorizontal joylashadigan
quvurlardan tashkil topadi (5.2-rasm). Kirish va chiqish quduqlari va
dyukerning suv o’tkazuvchi qismini barpo etishda odatda zavodda
tayyorlangan yig’ma temirbeton mahsulotlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |