b) Romberg sinamasining murakkab usuli
Tekshiriluvchi tik turib ko`zini yumadi, qo`llarini oldinga
uzatadi, chap oyog`i tovonini o`ng tizzasiga qo`yadi. Shu vaziyatda
15 soniya qaltiramay tura olsa, sinama ijobiy baholanadi.
Ashner (ko`z-yurak) sinamasi
1. Tekshiriluvchi orqasi bilan tekis tapchanga yoki yerga
yotadi va ko`zini yumadi. Uning tomir urishi sanaladi va jadvalga
yozib qo`yiladi.
2. So`ngra tekshiruvchi ko`rsatgich va o`rta barmog`ining
uchi bilan tekshiriluvchining ko`z olmasini qovog`i ustidan asta
20 soniya bosib turadi va 20 soniyadan keyin uning tomir urishi
sanaladi (jadvalga yoziladi).
Baholash: 1.Normada ko`zni bosgandan so`ng tomir urishi
tinch holatga nisbatan 5-10 martaga sekinlashadi.
2. Parasimpatik nerv tizimining qo`zg`aluvchanligi oshgan
odamda esa tomir urishining sekinlashuvi 15-20 marta bo`ladi.
3. Chiniqqan sportchida tomir urishining sekinlashuvi juda
kam o`zgaradi, ya`ni atigi 2-3 taga kamayadi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |