Tibbiy reabilitatsiyaning ikkinchi guruh tadbirlari
quyidagilardan iborat:
1. Maxsus davolash tadbirlari. Sportchi o`tkazgan kasallik,
zo`riqish, shikastlanish asoratlarini to`liq davolash, zararlangan
to`qima-a`zolarda sodir bo`lgan kasallik o`zgarishlarini to`lig`icha
bartaraf etish, zararlangan to`qima-a`zoning funksiyasini me`yor
darajasiga yetkazish.
2. Ushbu davolash tadbirlari kasallik yoki shikatlanish asorat-
larining og`ir-yengilligiga qarab poliklinikada, shifoxonada, maxsus
ixtisoslashgan davolash markazlarida, sanatoriyda o`tkaziladi.
3. Sportchi to`liq sog`lomlashtirilgandan keyin, sport vrachi
va trenerning birgalikdagi xulosasi bo`yicha sportchi organizmi,
uning har bir to`qima-a`zolarining funksional holatini e`tiborga
olgan holda, kichik hajmda trenirovka mashg`ulotlari boshlanadi.
Xulosa sifatida ta`kidlash lozimki, tibbiy reabilitatsiyaning sifati va
natijasi asosan uchta mutaxassisga bog`liq:
- birinchidan, sportchining o`ziga bog`liq, ya`ni uning
xohishiga, irodasiga, qunti va sabr - toqatiga;
- ikkinchidan, trenerning bilimi va malakasiga, shuningdek,
xohishiga;
- uchinchidan, sport vrachining bilimi va tajribasiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |