O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
41
76 aniqlanadi va baholanadi. Olingan natija asosida o`qituvchi – trener tomonidan o`quv-trenerovka jarayoniga ma`lum darajada o`zgar- tirishlar, to`ldirishlar kirirtiladi. Natijada, u yanada ta`komillash- tiriladi. Shifokor - pedagogik kuzatuv jarayonida shug`ullanuvchilar rejalashtirilgan hajmdagi mashg`ulotni bajargandan keyin, ular organizmining funksional holati belgilangan muddatda asli holatiga qaytmasa, yoki unda haddan ortiq charchash, jismoniy zo`riqish holati yuzaga kelgani aniqlansa, o`quv-trenirovka dasturiga (rejasi- ga) o`zgartirish, ya`ni mashg`uot yuklamasi hajmini ma`lum daraja- da yengillashtirish tavsiya qilinadi. Shifokor - pedagogik kuzatuv jarayonida shug`ullanuvchilar- da noxush holat yuzaga kelmasligi uchun, trener (jismoniy tarbiya o`qituvchisi) har bir mashg`ulotda qo`llanadigan mashq hajmi va tezligini, oldindan to`g`ri rejalashtirishi talab etiladi. Shunday qilib, shifokor - pedagogik kuzatuv, bajarilgan jismoniy mashg`ulot ta`sirida, shug`ullanuvchilar organizmida yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlarni aniqlaydi. Olingan natijalar asosida o`quv-trenirovka mashg`ulotlari hajmi, ularni bajarish usuli, tartibiga ayrim o`zgartirishlar kiritish yoki o`z holida qoldirish bo`yicha xulosa qilinadi. Qoidaga binoan, shifokor - pedagogik kuzatuv sport vrachi vа trеnеri (yoki jismoniy tarbiya o`qituvchisi) hamkоrligidа o`tkazi- lаdi. Ammo, sport vrachi hamma vaqt ham, tibbiy-pеdаgоgik nаzоrаt jarayoniga qatnashish imkoniga ega bo`lavermaydi. Shu bois, ushbu nazorat ko`pincha, katta tajribaga ega bo`lgan trеnеr (yoki jismoniy tarbiya o`qituvchisi) tomonidan o`tkazilаdi. Shuning uchun trеnеr (o`qituvchi) tibbiy-pеdаgоgik nаzоrаt o`tkazish, jumla- dan, tibbiy tekshiruv o`tkazish usullarini bilishi, hamda olingan natijalarni to`g`ri baholay olishi lozim. Shifokor - pedagogik kuzatuvi jarayonida jismоniy tаrbiya dаrsi va trеnirоvkа mashqining tashkil etilishi, ishchi o`quv dastur- larining mavjudligi, o`tiladigan dars yoki trеnirоvkа mashqining mavzusi, rejasi, dars mashg`uloti va trenirovka mashqida harakatla- nishning hajmi va tezligini to`g`ri rejalashtirilganligi, mashg`ulot- ning sifati, mashg`ulotning harakat zichligi, fiziologik chizig`i, o`tkazilgаn sinamalar natijasi kabi muhim masalalar aniqlanadi va baholanadi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling