Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.
Tekshiriluvchi poyabzalsiz, ichki kiyimida tarozi o`rtasida
qimirlamay tik turishi kerak.
Normada erkaklarning o`rtacha tana vazni, bo`y o`sishi
to`xtagandan (20 yoshdan) keyin 70 kg deb qabul qilingan.
Ko`krak qafasi aylanasi.
Tekshiriluvchining tik turgan vaziyatida aniqlanadi. Lenta-
ning yuqori qirrasi oldindan o`g`il bolalar va erkaklarda ko`krak
bezi ustidan, o`smir qiz va ayollarda ko`krak bezi ostidan o`rna-
tiladi. Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi
ostidan to`g`ri o`tishi kerak.
Ko`krak qafasi aylanasi odam jismoniy rivojlanishining
muhim ko`rsatgichi hisoblanadi. Chunki, ko`krak qafasi aylanasi
qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning bo`shlig`ida joylashgan
o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining funksiyasi shunchalik
yaxshi bo`ladi.
Normada 15 yoshdagi o`smirda ko`krak qafasi aylanasi tinch
turgan paytda 75-78 sm bo`ladi.
Chuqur nafas olganda ko`krak qafasi aylanasining ko`rsat-
gichi oshadi, chuqur nafas chiqarganda kamayadi.
Ko`krak qafasi aylanasining chuqur nafas olgan va chuqur
nafas chiqargandagi ko`rsatgichlarining bir-biridan farqi ko`krak
qafasi ekskursiyasi (razmax) deyiladi. Bu ko`rsatgich qancha ko`p
42
75
Do'stlaringiz bilan baham: |