Qo`l muskullari kuchi qo`l dinamometri asbobi yordamida
aniqlanadi va kg hisobida baholanadi. Dinamometrni qo`l kaftida
ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning strelkasi qo`l kuchini
kilogramm hisobida ko`rsatadi.
Tekshiruvda 17 yoshdagi o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi
o`rtacha- 47 kg, chap qo`li kuchi o`rtacha-40,6 kg bo`lgan. Shu
yoshdagi o`smir qizlarning o`ng qo`li kuchi o`rtacha- 29 kg, chap
qo`li kuchi o`rtacha-26 kg bo`lgan.
Bel muskullari kuchi - tik turib o`lchaydigan dinamometr
(stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi va kilogramm hisobi-
da baholanadi.
Rossiyada o`tkazilgan tekshiruvlarda olingan natijalarga
ko`ra gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlar bel muskul-
larining o`rtacha kuchi - 176,2 kg, basketbolchilarda - 174,8 kg,
voleybolchilarda - 177,5 kg bo`lgan.
Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanadigan qizlarda bel
muskullarining o`rtacha kuchi - 110,6, 109,6, 115,6 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |