Shifokor - pedagogik kuzatuvining vazifalari.
Shifokor - pedagogik kuzatuvi jarayonida quyidagi masalalar-
ga asosiy e`tibor qaratiladi:
1. Jismoniy tarbiya darsi va sport trenirovka mashg`ulotining
to`g`ri tashkil etilishi tekshiriladi va baholanadi.
2. Bitta dars yoki trenirovka mashg`ulotiga rejalashtirilgan
harakat hajmi va tezligi aniqlanadi va baholanadi.
3. Mashg`ulot hajmi va tezligi shug`ullanuvchilarning funk-
sional imkoniyatiga mosligi aniqlanadi va baholanadi.
4. Mashg`ulot davrida har bir mashqni (harakatni) takror-
lanish soni aniqlanadi.
5. Har qaysi mashqdan keyin, dam olish vaqti aniqlanadi.
6. Mazkur mashg`ulotda bajarilgan, eng qiyin mashqlardan
keyin, imkoniyatga qarab 2-3 nafar shug`ullanuvchining kuch-
quvvati, nafas olish, yurak-tomir tizimi funksional holatining tikla-
nish vaqti aniqlanadi va baholanadi.
7. Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa shuki, tibbiy-
pedagogik nazorat natijasida, jismoniy tarbiya darsi yoki sport
trenirovkasi mashg`ulotining rejasi, dasturi, o`tkazish usuli shug`ul-
lanuvchilar organizmining sog`lig`i va chiniqqanligiga mos yoki
mos emasligi aniqlanadi va baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |