tashkil etilishi va o`tkazilishi qoniqarli, 70 foizdan ko`p bo`lsa,
yaxshi, 60 foizdan kam bo`lsa, qoniqarsiz hisoblanadi.
Harakatlanish zichligining yaxshi bo`lishi quyidagilarga
bog`liq:
1. O`qituvchi-trenerning bilimi va tajribasi yetarli bo`lishiga;
2. Sport buyumlari bilan yaxshi ta`minlanganligiga;
3. Sport kiyimlari va poyabzali bilan yaxshi ta`minlangan-
ligiga;
4. Mashg`ulot bajaruvchilarning bir-biriga mos bo`lishlari,
faolligi, intizomli bo`lishlari muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchi-trener bir turdagi mashg`ulotni bajarish uchun
2 nafar shug`ullanuvchini birga qo`yadi (hamroh-naparnik).
Ularning biri tez harakatlanuvchi, ikkinchisi sekinroq harakat-
lanuvchi bo`lishi kerak. Shunda tez harakatlanuvchi, sekin harakat-
lanuvchining harakatini tezlashuviga undaydi, sekin harakat-
lanuvchi esa, o`z navbatida, tez harakatlanuvchining harakatini
biroz sekinlashtirib, uning charchab qolishining oldini olishga hissa
qo`shadi.
Ikkita sekin harakatlanuvchi bir bo`lsa, harakat zichligi juda
pasayib ketadi.
Aksincha, ikkita tez harakatlanuvchi bir bo`lsa, ularning
ikkalasi mashg`ulot boshlanishida tez harakatlanib, mashg`ulotning
ikkinchi yarmida charchab qoladi va harakat zichligi kamayadi
(Oliy nerv faoliyati xolerik tipida bo`lganlar o`zining imkoniyatiga
qaramay mashq boshida tez harakat qiladilar, mashqning ikkinchi
yarmida esa charchab qoladilar).
Shunday qilib, ko`rinib turibdiki, shug`ullanuvchilarni bir-
biriga mos qilib tanlashda, ya`ni mashg`ulotni tashkil etish va
o`tkazishda, o`qituvchi (trener) ning bilimi va tajribasi katta rol
o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: