Gimnastik mashg`ulotlar o`z navbatida 3 guruhga bo`linadi:
1.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. Bular odamni umumiy
sog`lomlashtirishga qaratilgan.
2. Maxsus gimnastik mashg`ulotlar. Bular kasallangan yoki
shikastlangan to`qima-a`zolarning faoliyatini kuchaytirish, ularda
qon aylanishi va moddalar almashuvini yaxshilashga qaratilgan.
3. Nafas olish va nafas chiqarishni yaxshilashga qaratilgan
gimnastik mashg`ulotlar. Bular 3 usulda bo`ladi.
a) Statik nafas olish mashqlari. Bunda odam harakat-
lanmasdan, ya`ni yotgan, o`tirgan, tik turgan vaziyatda chuqur nafas
olish va chuqur nafas chiqarish mashqini bajaradi.
b) Dinamik nafas olish mashqlari. Bunda odam qo`l va
oyoqlarini harakatlantirish jarayonida chuqur nafas olish va chuqur
nafas chiqarish mashqlarini bajaradi.
d) Maxsus nafas olish mashqlari. Bunda nafas olish a`zo-
larining turli xil kasalliklarida yuzaga kelgan o`zgarishlarni bartaraf
etishga qaratilgan maxsus nafas olish va nafas chiqarish mashqlari
bajariladi.
Davolash mashqlarida quyidagi sport mashg`ulotlari qo`lla-
nadi.
1. Sayr qilish.
2. Yurish.
3. Terrenkur - ma`lum masofaga yurish va yugurish.
4. Piyoda ekskursiya, turizm.
28
89
Do'stlaringiz bilan baham: |