O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Davolash mashqlariga umumiy talablar
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
Davolash mashqlariga umumiy talablar.
Davolash mashqlarining natijasi yaxshi bo`lishi uchun quyidagi talablarga rioya qilish lozim: 1. Bemorning umumiy holati, yoshi, kasallik va shikastlanish 27 90
larida glikogen, ATF kabi energiya beruvchi moddalar zahirasi ko`payadi. Uzoq muddat davom etgan jismoniy mashg`ulotlar paytida muskullar hamda to`qima-a`zolardagi energiya beruvchi moddalar zahirasi tugaydi va sportchida charchash holati yuzaga keladi. Natijada, sportchining dam olishi, energiya beruvchi modda- lar zahirasini qaytadan to`plash va kuch-quvvatini tiklash zaruriyati yuzaga keladi. Charchash belgilarining bartaraf etilishi va organizm kuch- quvvatining tiklanish muddati charchashni yuzaga keltirgan jismoniy mashg`ulotning yengil-og`irligiga, sportchining chiniqqan- lik darajasiga qarab, bir necha daqiqa, soat, kun, hafta bo`lishi mumkin. Agar har bir charchashdan keyin dam olish va kuch-quvvatni tiklash tadbirlari o`z vaqtida, sifatli tashkil etilsa, sportchi orga- nizmining funksional holati tez tiklanadi, ish qobiliyati tobora yaxshilanib boradi, chiniqish davom etadi, energiya beruvchi glikogen, ATF kabi moddalar zahirasi muskullarda, to`qima- a`zolarda ko`paya boradi. Aksincha, charchashdan keyin dam olish, kuch-quvvatni tiklash, energiya beruvchi moddalar zahirasini to`ldirishga qaratil- gan tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmasa, charchash belgi- lari to`liq yo`qolmagan holatda, mashg`ulotlar hajmi va tezligi ketma-ket oshirilaversa, asta-sekin organizmda o`tkir yoki surunkali zo`riqish holati va u bilan bog`liq bo`lgan kasalliklar vujudga keladi.
Shunday qilib, trenirovka va musobaqa mashg`ulotlaridan keyin sportchida yuzaga kelgan, normal fiziologik holat hisoblan- gan, charchashni o`z vaqtida bartaraf etish, sportchi kuch-quvvatini tiklagan holda, mashg`ulotlarni bajarishga kirishish, trenirovka va chiniqish jarayonining muhim sharti hisoblanadi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling