O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


SPORTCHI KUCH - QUVVATINI TIKLASH OMILLARI


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

SPORTCHI KUCH - QUVVATINI TIKLASH OMILLARI. 

TIBBIY REABILITATSIYA. 

 

Sportchi 

kuch-quvvatini 

tiklash 

haqida 

umumiy 

tushuncha. 

Trenirovka  va  musobaqa  mashg`ulotlaridan  keyin  sportchi 

organizmi  funksional  holatini  va  ish  bajarish  qobiliyatini  tiklash, 

charchashni  yo`qotish  muhim  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun,  bir 

qator  ilmiy  va  amaliy  jihatdan  asoslangan,  tadbirlar  amalga  oshiri-

ladi.  


Sportchida  chiniqish  holatining  vujudga  kelishi  va  uning 

belgilari. 

Ilmiy asosda tashkil etilgan sport mashg`ulotlari bilan munta-

zam shug`ullanish, mashg`ulot hajmi va tezligini asta-sekin oshirib 

borish  natijasida  sportchida  chiniqish  holati  vujudga  keladi.  Chini-

qish  holati,  sportchi  organizmining  hamma  to`qima  -  a`zolari  tuzi-

lishi va funksiyasida, ijobiy o`zgarishlar bilan ifodalanadi. 

Jumladan,  yurak  va  tananing  barcha  muskullarida  kapillyar 

qon-tomirlarning  soni  ko`payadi,  qon  aylanishi  yaxshilanadi, 

muskullar  va  boshqa to`qima  -  hujayralarning  qon,  qon  tarkibidagi 

kislorod,  oziq-moddalar,  gormonlar  bilan  ta`minlanishi  yaxshi-

lanadi.  Muskul  tolalarida  glikogen,  ATF  kabi  energiya  beruvchi 

moddalar  zaxirasi  ko`payadi.  Natijada  muskul  tolalari  yo`g`on-

lashadi,  kuchi  va  chidamliligi  oshadi,  organizmning  funksional 

imkoniyati, kuch-quvvati oshadi. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling