Sportchida charchash holati. Jismoniy mashg`ulot bajarish
natijasida hujayra va to`qimalarda, jumladan, muskul tolalarida
zahira sifatida to`plangan glikogen, ATF va boshqa energiya beruv-
chi moddalar zahirasi tugaydi va organizmning funksional imko-
niyati, kuch-quvvati vaqtincha pasayadi.
Mashg`ulotdan keyin dam olish davrida, yuqorida aytilgan
energiya beruvchi moddalar zahirasini, qaytadan tiklash zaruriyati
yuzaga keladi. Bu normal fiziologik jarayon hisoblanadi.
Shunday qilib, ilmiy asosda rejalashtirilgan jismoniy mashq
bilan muntazam shug`ullanish sportchida chiniqishni yuzaga
keltiradi. Chiniqqan sportchi tanasi to`qima-a`zolarida ijobiy o`zga-
rishlar vujudga keladi. Shulardan biri jigar, tana va yurak muskul-
Davolash mashqlarida o`yinlar. Bular 4 guruhga bo`linadi:
1. Joyda turib o`ynash.
2. Sekin harakatli o`yinlar.
3. Tez harakatli o`yinlar.
4. Sport o`yinlari: estafeta, stol ustida tennis, futbol, voleybol,
basketbol va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |