Davolash mashqlarining turlari.
Davolash mashqlari 3 turda o`tkaziladi:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika;
2. Davolash gimnastikasi;
3. Sport mashg`ulotlari.
1.Ertalabki gigiyenik gimnastika.
Bu sog`lomlashtiruvchi va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Sog`lomlashtiruvchi ahamiyati shundan iboratki, tungi uyqu-
dan keyin ertalabki gimnastika, markaziy nerv sistemasini
qo`zg`atadi, nafas olish, tanada qon aylanishini yaxshilaydi, barcha
hujayra - to`qimalarni qon, oziq moddalari, kislorod bilan ta`minla-
nishini yaxshilaydi. Shu bilan odam sog`ligiga ijobiy ta`sir
ko`rsatadi.
Ertalabki gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, uni
har kuni ertalab, ma`lum belgilangan vaqtda bajarish, odamni
mehnat intizomiga, to`g`ri kun tartibini bajarishga o`rgatadi.
Ertalabki gimnastikaning davomiyligi odamning umumiy
holatiga, yoshiga qarab 5-20 daqiqagacha bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |