Suvda davolash mashqlari.
Suv odam organizmiga mexanik va termik ta`sir ko`rsatadi.
Suvning mexanik ta`siri shundan iboratki, Arximed va Paskal
qonunlariga asosan, suv ichida odam tanasining vazni kamayadi,
buning natijasida harakatlanish va mashqlarni bajarish osonlashadi.
Suvning termik ta`siri shundan iboratki, iliq suv ichida odam
tanasi isiydi, qon tomirlari kengayadi, hujayra - to`qimalarda qon
aylanishi, ularning kislorod va oziq moddalari bilan ta`minlanishi
yaxshilanadi.
Davolash mashqlarida iliq suv vannasini qo`llash.
Suvning harorati +36,5 +38
o
C bo`ladi. Odam vanna ichiga
kirib yotadi. Vannaga kirganda 2-3 daqiqa jim, qimirlamay yotadi.
So`ngra 10-20-30 daqiqa davomida ya`ni umumiy holatidan kelib
chiqqan holda, turli xil mashqlarni bajaradi. Vannada odamning o`zi
faol mashqlar bajaradi, yoki tibbiyot xodimi massaj qiladi (passiv
mashq). Vanna kunaro, ertalab, jami 20-24 marta o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |