1. Kasallik va shikastlanishning boshlanish davrida;
Sportchi kuch-quvvatini tiklashda qo`llanadigan fizio-
terapiya usullari.
Sportchi kuch-quvvatini tiklashda quyidagi fizioterapiya
muolajalari qo`llanadi:
1. Tinchlantiruvchi va muskullarning kuchini oshiruvchi
maxsus elektr apparatlari (elektrostimulyatsiya);
2. Moddalar almashinuvini yaxshilovchi ultrabinafsha elektr
nurlari;
3. Og`riqsizlantiruvchi elektr toki (elektroanalgeziya);
4. Santimetrlik diapazondagi elektromagnit to`lqinlari.
Ushbu elektr apparatlari bilan bajariladigan fizioterapiya
davolash muolajalari ayniqsa, velosiped, chang`i, og`ir atletika,
eshgak eshish kabi sport turlarida keng qo`llanadi. Ular muskul
kuchini, qon tomir devori tonusini, yurakning qisqarish kuchining
oshishiga, organizmda qon aylanishining yaxshilanishiga, katta
hajm va tezlikdagi jismoniy mashg`ulotlarni yaxshi bajarishga
imkon yaratadi.
Mazkur apparatlarning elektromagnit to`lqinlarini musobaqa
jarayonida qisqa muddatli dam olish, taymlar o`rtasidagi tanaffus
paytida qo`llash, sportchi kuch-quvvatining tezda tiklanishiga, sport
natijasining yaxshilanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
5. Kichik to`lqinli modulyatsiyalashgan elektr toklari nerv va
muskul tolalari qo`zg`aluvchanligini oshirib, muskul to`qimasida
qon aylanishni, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, muskul
tolalarining qisqarish kuchini oshiradi, shuningdek, og`riqni kamay-
tiradi. Bu toklarni, ayniqsa, musobaqaga tayyorlanish davridagi
trenirovka jarayonida qo`llash, musobaqa natijasining yuqori
bo`lishiga ijobiy ta`sir qiladi.
6. “Volna-2” elektr apparati yordamida elektromagnit
maydonini ta`sir qildirish mashg`ulot paytida charchagan muskullar
va ularning qon tomirlarini to`satdan kuchli qisqarish (spazm)
holatini bartaraf etadi. Muskullarning qon bilan ta`minlanishini
yaxshilaydi, ulardagi og`riqni yo`qotadi.
Bu usul shuningdek, teri, muskul va paylarning shikast-
lanishini davolashda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois, “Volna-2” apparati doimiy trenirovka o`tkaziladi-
gan sport inshoatlariga o`rnatiladi. Bu apparatning qo`lda olib
Do'stlaringiz bilan baham: