Sportchini tinchlantirish va uxlatish yordamida kuch-
quvvatini tiklash uchun qo`llanadigan elektr muolajalari.
Oliy nerv faoliyatining zo`riqishi bilan bog`liq bo`lgan
merganlik, shaxmat, shashka, biatlon, tennis kabi sport turlarida
sportchining aqliy charchashini bartaraf etish, ish qobiliyatini tezroq
tiklanishida elektr tokining tinchlantiruvchi va uxlatuvchi ta`siri
muhim ahamiyatga ega. Bu usul elektroson deyiladi.
Elektroson sportchining o`ta mas`uliyatli aqliy faoliyati
tufayli, uning bosh miya po`stloq qavati nerv hujayralarida yuzaga
kelgan charchash, hayajonlanish, notinchlik, asabiylashish, uyqu-
ning buzilishi, ishtahaning pasayishi, kuchsizlanish, mashg`ulot
bajarishga xohishining yo`qolishi kabi ruhiy zo`riqish holatlarini
bartaraf etishda, aqliy qobiliyatning tezroq tiklanishida muhim
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |