O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
DAVOLASH JISMONIY MADANIYATI
Davolash jismoniy mashqlarining qo`llanish tarixi. Davolash mashqlari fani mustaqil tibbiy fan bo`lib, odam organizmining funksional imkoniyatlarini jismoniy mashqlar yordamida yaxshilash, kasallik va shikastlanishlarni davolash maqsadida qo`llanadi. Davolash mashqlari fani bo`lajak jismoniy tarbiya o`qituvchi- lari va sport trenerlariga kasallik va shikastlanishlarni jismoniy mashqlar yordamida davolash bo`yicha bilim beradi. Shuningdek, mazkur fan maktab va bilim yurtlarining maxsus sog`liq guruhiga kiritilgan sog`lig`i zaif o`quvchi-talabalar bilan davolash mashqlari o`tkazish yordamida, ularning sog`lig`ini tiklash bo`yicha bo`lg`usi jismoniy tarbiya o`qituvchilarini zarur bilimlar bilan qurollantiradi. Jismoniy mashqlarni kasallangan va shikastlanganlarni davo- lash maqsadida qo`llash qadim zamonlardan boshlangan. Qadimiy Yunoniston (Gretsiya) da eramizdan 500 yil muqad- dam yashagan jismoniy tarbiya o`qituvchilari Ikkus va Giradikus o`quvchilarga gimnastika bo`yicha saboq berish bilan birgalikda, bemorlarni jismoniy mashg`ulotlar (yurish, yugurish, gimnastika) yordamida davolanganlar. Bu bilan ular davolash mashqlari faniga asos solganlar. O`rta asrda yashab ijod qilgan yurtdoshimiz, jahonga tanilgan olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) “Tib qonunlari” kitobida turli kasalliklarni davolashda jismoniy mashqlarni keng qo`llashni tavsiya qilgan. U shunday yozgan: “Jismoniy mashqlar bilan munta- zam shug`ullangan, ovqatlanish va uxlash tartib-qoidalariga amal qilgan odam, hech qachon davolanishga muhtoj bo`lmaydi, u doim sog`lom bo`ladi.” 1918 yilda tashkil etilgan Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) da Haydar Shavqi ismli tibbiyot olimi “Gigiyena va gimnastika” fanlaridan talabalarga dars bergan.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling