O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Moskva Jismoniy tarbiya instituti sinamasi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
Moskva Jismoniy tarbiya instituti sinamasi. Bu sinama
o`quvchilar va talabalarning sog`liq guruhini aniqlashda, ularni jismoniy tarbiya darsi va musobaqalarga qatnashishiga ruxsat etish uchun o`tkazilib, quyidagi usulda bajariladi: 1.Tekshiriluvchining tinch o`tirgan holatida tomir urishi soni va arterial qon bosimi aniqlanadi (jadvalga yoziladi). Sog`lom odamda tinch holatda 1 daqiqada tomir urishi o`rtacha 70 marta, maksimal arterial qon bosimi 110-130 mm, minimal arterial qon bosimi 65-80 mm simob ustuniga teng bo`ladi. 2. So`ngra u tik turib, ikki qo`lini beliga qo`yib, 30 soniya davomida 60 marta yerdan 3-5 sm balandga sakraydi. 3. Sinama to`xtashi balanoq tomir urishi soni va arterial qon bosimi aniqlanadi (jadvalga yoziladi). Sog`lom va jismoniy mash- g`ulot bilan shug`ullanuvchi o`quvchi talabada quyidagi ko`rsat- gichlar aniqlanishi mumkin: - tomir urishi 1 daqiqada tinch holatda 70 marta bo`lgan bo`lsa, sinamadan keyin 100-130 martagacha tezlashadi; - maksimal arterial qon bosim tinch holatda 110-130 mm simob ustuniga teng bo`lgan bo`lsa, sinamadan keyin 130-160 mm simob ustunigacha ko`tarilishi mumkin; - minimal arterial qon bosim tinch holatda 65-80 mm simob ustuniga teng bo`lgan bo`lsa, sinamadan keyin 50-30 mm gacha tushishi mumkin; - sog`lom o`quvchi-talabada tomir urishi va arterial qon bosimining yuqoridagi o`zgarishlari 3-5 daqiqa dam olgandan so`ng, tinch vaziyatdagi holatga qaytishi kerak. Chiniqqan sportchida yuqoridagi o`zgarishlar, sport bilan shug`ullanmaydigan sog`lom o`quvchi-talabaga nisbatan kamroq bo`ladi va normaga qaytish muddati qisqa bo`ladi (1,5-2 daqiqa). Jismoniy zaif, charchagan, zo`riqqan o`quvchi-talabada, yoki boshqa kuchsiz odamda, tomir urishi yuqorida aytilgandan ham ko`proq tezlashadi, maksimal arterial qon bosimi ko`tarilishi o`rniga pasayadi, yoki juda kam ko`tariladi, minimal arterial qon bosimi esa “0” ga tushadi, yoki aksincha ko`tariladi. Yuqoridagi o`zgarishlar 3-5 daqiqa dam olgandan keyin tinch holatdagiga qaytmaydi, ya`ni tiklanish vaqti 10-20 daqiqagacha, ba`zida bundan ham ko`pga uzayadi. 30
87 yuradigan kichik (portativ) turlari sport musobaqalarida faoliyat ko`rsatadigan shifokorlarning har birida bo`lishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, musobaqa jarayonida shikastlanish ko`p sodir bo`ladigan futbol, hokkey, regbi, boks, kurash, sport gimnastikasi va boshqa sport turlarida “Volna-2” apparatini qo`llash zaruriyati ko`p bo`ladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling