2. Shafranovskiy sinamasi.
1. Tekshiriluvchida tinch holatda o`pka tiriklik sig`imi aniq-
lanadi (jadvalga yoziladi).
2. So`ngra yigitlar 3 daqiqa (qiz va ayollar 2 daqiqa) davomi-
da har bir daqiqada 180 qadam tezlikda joyida yuguradi.
3. Yugurish to`xtashi bilanoq o`pka tiriklik sig`imi aniqlanadi
(jadvalga yoziladi).
Baholash: 1.Chiniqqan sportchida o`pka tiriklik sig`imi,
yugurgandan keyin, yugurishdan oldingidek bo`ladi, ya`ni o`zgar-
maydi, yoki ozroq (200-300 ml ga) kamayadi. Bu kamayish,
3 daqiqa dam olgandan keyin asliga qaytadi.
2. Chiniqmagan, zo`riqqan quvvatsizlangan odamda o`pka
tiriklik sig`imi yugurgandan keyin, yugurishdan oldingi ko`rsat-
gichga nisbatan 500-700 ml ga kamayadi. Bu kamayish 3 daqiqa
dam olgandan keyin, tinch holatdagi ko`rsatgichga qaytmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |