SPORTCHI KUCH - QUVVATINI TIKLASH OMILLARI.
TIBBIY REABILITATSIYA.
Sportchi
kuch-quvvatini
tiklash
haqida
umumiy
tushuncha.
Trenirovka va musobaqa mashg`ulotlaridan keyin sportchi
organizmi funksional holatini va ish bajarish qobiliyatini tiklash,
charchashni yo`qotish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, bir
qator ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan, tadbirlar amalga oshiri-
ladi.
Sportchida chiniqish holatining vujudga kelishi va uning
belgilari.
Ilmiy asosda tashkil etilgan sport mashg`ulotlari bilan munta-
zam shug`ullanish, mashg`ulot hajmi va tezligini asta-sekin oshirib
borish natijasida sportchida chiniqish holati vujudga keladi. Chini-
qish holati, sportchi organizmining hamma to`qima - a`zolari tuzi-
lishi va funksiyasida, ijobiy o`zgarishlar bilan ifodalanadi.
Jumladan, yurak va tananing barcha muskullarida kapillyar
qon-tomirlarning soni ko`payadi, qon aylanishi yaxshilanadi,
muskullar va boshqa to`qima - hujayralarning qon, qon tarkibidagi
kislorod, oziq-moddalar, gormonlar bilan ta`minlanishi yaxshi-
lanadi. Muskul tolalarida glikogen, ATF kabi energiya beruvchi
moddalar zaxirasi ko`payadi. Natijada muskul tolalari yo`g`on-
lashadi, kuchi va chidamliligi oshadi, organizmning funksional
imkoniyati, kuch-quvvati oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |