Sinamaning uchinchi qismi:
a) 3 daqiqa davomida daqiqasiga 180 qadam tezlikda joyida
yuguradi.
b) 5 daqiqa dam oladi. Bu payt tomir urishi, qon bosimi
aniqlanadi, jadvalga yoziladi.
c) Sinama natijasini baholash:
1. Sinamaning birinchi qismidan so`ng, 3 daqiqa dam olish
paytida tomir urishi va qon bosimi ikki marta aniqlanadi, ya`ni
sinama tugashi bilanoq va 2,5 daqiqa dam olgandan so`ng (jadvalga
yoziladi).
2. Sinamaning ikkinchi qismidan keyin 4 daqiqa dam olish
paytida tomir urishi va qon bosimi 4 marta aniqlanadi. Sinama
tugashi bilanoq, birinchi daqiqada, so`ngra har 1 daqiqa o`tganidan
so`ng.
3. Sinamaning uchinchi qismidan keyin 5 daqiqa dam olish
paytida tomir urishi va qon bosimi 5 marta aniqlanadi: Sinama
tugashi bilanoq, so`ngra har 1 daqiqada.
Baholash: Sinamaning har bir qismida olingan natijalar
jadvalga yoziladi. Ular bo`yicha sportchining chiniqqanlik darajasi
baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |