Kotov-Deshin sinamasi.
Bu sinama chiniqqan, malakali sportchilarda o`tkaziladi.
1.Tinch holatda tomir urish soni va arterial qon bosimi
aniqlanadi, jadvalga yoziladi.
2.Tekshiriluvchi joyida 3 daqiqa davomida daqiqasiga 180
qadam tezlikda yuguradi (qiz va ayollar 2 daqiqa). Yugurgan paytda
yuguruvchining tizzasi sonining gorizontal holatigacha ko`tarilishi
kerak. Tekshiruvchi soat sekundomeriga qarab turadi.
3. Sinama to`xtashi bilanoq tomir urishi va arterial qon
bosimi aniqlanadi, jadvalga yoziladi.
- o`zgarishlar yuqoridagi sinamalarga o`xshash bo`ladi;
- 5 daqiqa dam olgandan so`ng o`zgarishlar tinch holatdagiga
tenglashsa, sportchi yaxshi chiniqqan deb baholanadi. Tiklanish
vaqti uzaysa, chiniqish darajasi past deb baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |