Tibbiy reabilitatsiya.
O`tkir yoki surunkali zo`riqish, kasallik, shikastlanishdan
keyin sportchini tibbiy reabilitatsiya qilish, ya`ni sportchining
umumiy va sport ish qobiliyatini tiklashning ahamiyati beqiyosdir.
Zero zo`riqish, kasallik, shikastlanishdan keyin, sportchi
imkon darajasida, nafaqat klinik jihatdan sog`lomlashtirilishi, balki
sportchi organizmining avvalgi funksional holatini to`lig`icha
tiklashga erishish masalasiga katta e`tibor berilmoqda. Bu
O`zbekiston Hukumatining sportchi sog`lig`ini yaxshilashga
bo`lgan g`amxo`rligidir.
Sportchini tibbiy reabilitatsiya qilish jarayonida sportchining
o`zi va treneri, ayrim hollarda esa sport vrachi tomonidan quyidagi
ikkita xatoga yo`l qo`yilishi mumkinligi va buning oldini olish
zarurligi haqida unutmaslik lozim:
- birinchidan, sportchining yaxshi his etishiga asoslangan
holda, kuch-quvvati to`liq tiklanmasdan turib, trenirovka mashg`u-
lotlarini vaqtidan oldin boshlab yuborish. Buning natijasida hali
kuch-quvvati to`liq tiklanmagan sportchi tez orada zo`riqib,
sog`lig`i yomonlashadi, kasallanadi, hatto sportni butunlay tark
etishga majbur bo`ladi;
- ikkinchidan, kuch-quvvati to`liq tiklangan sportchini o`ta
avaylash tufayli, trenirovkani boshlash muddatining kechiktirilishi:
Trenirovka kechiktirib boshlangani uchun, yo`qotilgan vaqt o`rnini
3. Chiniqqan spоrtchi 90 sеkundgаchа, ya`ni normaga nisba-
tan 3 marta ko`p vaqt davomida, tana muvоzаnаtini saqlab turа
оlаdi.
4. Tana muvоzаnаtini sаqlаsh qobiliyati buzilgаn оdаm,
yuqoridаgi hаrаkаtni 10-20 sеkunddаn ortiq bаjаrа оlmаydi. Ya`ni,
uning bоshi аylаnib, galdirab qoladi, hаttо yiqilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |